NewsUz.Com. 2010 yilda GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi Rossiya va MDH bozorlarida 65 ming dona avtomobil sotishni rejalashtirgan. Xususan, "Matiz" avtomobili yoshlar uchun ommabop mashina sifatida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Vesti.uz xabariga ko‘ra, Rossiya avtobozorida raqobat kuchaygan. Masalan, Renault kompaniyasi 1 martdan Moskvadagi zavodida "Renault Sandero" mashinasini ishlab chiqara boshlagan.
2010 yil yanvarining o‘zida goda Rossiyada 44257 yengil va yuk mashinalari ishlab chiqarilgan. Ya'ni yengil avtolar ishlab chiqarish 2,3 baravarga oshgan. Ayni paytda Rossiyada 19ta avtozavod faoliyat yuritmoqda. Avval xabar berganimizdek, 2009 yilda GM-Uzbekistan avtomobillarining Rossiyaga eksporti 3 baravarga - 25,47 mingga qadar kamaygan. Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, jahon moliyaviy inqirozi sharoitida shuningdek Yaponiya, (3,2 foiz, 128,64 ming dona), Janubiy Koreya (2,2 foiz, 81,52 ming), Germaniya (3,6 foiz, 35,92 ming), Angliya (4 foiz, 34,88 ming)dan kelayotgan mashinalar savdosi ham orqaga ketgan. Bir necha yil oldin ham Rossiyaga O‘zbekistondan yiliga 100 mingga yaqin mashina eksport qilingan. 2008 yil yakuni bo‘yicha umumiy reytingda o‘zbek mashinalari to‘qqizinchi o‘rinni egallagan. |