Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Inson huquqlari arrow “Haqqoniy tanlov mavjud emas”  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Soya"da qolgan xoli mablag‘larni iqtisodiyotning real sektoriga jalb etish uchun birinchi navbatda banklar faoliyatidagi qulayliklar va imtiyozlarning real natijalari xususida ko‘proq ma'lumot tarqatish, banklarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, hisobraqamlarda mablag‘larning hech qanday to‘siqlarsiz, istalgan muddatda hisob-kitob qilinishiga erishish talab etiladi".

Abbosxon Ahmedov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
“Haqqoniy tanlov mavjud emas” Chop etish uchun E-mailga yuborish
24.12.2007 y.

 NewsUz.Com. Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti O‘zbekistonda o‘tgan prezidentlik saylovini tanqidiy baholadi. 23 dekabr kuni saylov arafasida bayonot bergan tashkilot ovoz berish tadbirida haqqoniy tanlash imkoniyati yo‘qligiga e'tibor qaratdi. Bayonotda aytilishicha, O‘zbekistonda mustaqil matbuot va muxolifat faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar mamlakatda raqobatchilik asosida saylovga to`sqinlik qiladi.

"Adolatli va erkin saylovlar o‘tishi uchun hech qanday sharoit mavjud emas. To‘rtta nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa ham raqobatli jarayon haqida gapirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Haqqoniy tanlov mavjud emas", deydi Human Rights Watchning Yevropa va va Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari Xolli Kartner.

Xalqaro tashkilot  O‘zbekistondagi prezident saylovini baholarkan, bu borada Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi tanqidiy munosabatini eslab o‘tadi. DIIHBning ichki hisobotida uchala nomzod ham prezident Karimov siyosatini ochiq qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.

O‘zbekistonda siyosiy muxolif partiyalar ochiq faoliyat yurita olmaydilar va mamlakatda o‘tgan birorta ham saylov YXHT tomonidan erkin yoki adolatli deb baholanmagan.

Human Rights Watch "Birlik", "Erk", "Ozod dehqonlar" va "Serquyosh O‘zbekistonim" kabi muxolif partiya va harakatlarning ro‘yxatdan o‘tishlariga yo‘l qo‘yilmagani yoki yig‘ilish o‘tkazishlariga ruxsat berilmaganini qayd etadi.

Bayonotda hukumat so‘z erkinligini qattiq taqiqlab qo‘ygani va tanqidiy maqolalar yozgan mustaqil jurnalistlar jazoga tortilgani aytilgan.  Shu bilan birga nisbatan erkin va tanqidiy axborot tarqatayotgan internet sahifalari rasmiylar tomonidan to‘sib qo‘yilgani, ularga kirish imkoniyati yo‘qligi xavotir bilan eslatilgan.  

Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida  14 million 765 ming 444 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bu ro‘yxatga kirgan saylovchilarning 90,6 foizi demakdir.

Saylovda amaldagi davlat rahbari Islom Karimov bilan birga "Adolat" partiyasidan  Dilorom Toshmuhamedova, Xaq demokratik partiyasidan Asliddin Rustamov, saylovchilar tashabbuskor guruhidan Akmal Saidov ishtirok etdi. Biroq aksariyat tahlilchilar saylovda 18 yildan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan Islom Karimov g‘alaba qilishini aytganlar.

2000 yilgi saylovda O`zbekistonning amaldagi rahbari 91,9 foiz ovoz bilan g`alaba qozongandi. Eng so‘nggi prezidentlik saylovida Islom Karimovning raqibi Abdulhafiz Jalolov ham raqibi uchun ovoz bergan edi. O`shanda saylovda ishtirok etganlar  miqdori 95,9 foiz deb ko`rsatilgandi.

 

Shu mavzudagi materiallar: 

Nomzod ko‘p... raqobat yo‘q

Xavotir ishonchga aylanganicha yo‘q

Baholash guruhi hali o‘z bahosini bermadi

“Keng miqyosda kuzatuvga hojat yo`q”

 

Human Rights Watch bayonotining to`liq variantini quyidadi manzilda o`qish mumkin:

http://hrw.org/english/docs/2007/12/21/uzbeki17644.htm 

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili O‘zbekistonda sigaret va papiros ishlab chiqarish 19,8 foizga o‘sdi va 10 mln. 461 ming donaga yetdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar