Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Loyiha haqida  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Rossiyaning suv resurslari, jumladan, Sirdaryo suvi taqchilligi kabi Markaziy Osiyo uchun muhim bo‘lgan masalada munosabati mutlaq qarama-qarshiliklar bilan yaqqol ajralib turadi. Rossiya o‘z oldiga Markaziy Osiyoda "bosh hakam" bo‘lish vazifasini qo‘ymoqda".

O‘zbekiston hukumati nashri  - "Xalq so‘zi" gazetasidan

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Loyiha haqida Chop etish uchun E-mailga yuborish
22.11.2007 y.

Inson uchun birlamchi ehtiyoj nima? Bu savol atrofidagi necha asrlardan beri davom etib keladigan munozaralarga qo‘shilib, o‘zi shundoq ham ziddiyatlarga to‘la hayotni yanada murakkablashtirmoqchi emasmiz. Davomli bahslarga sabab bo‘layotgan savol-jumboqqa kimdir moddiy, yana kimdir ma'naviy ehtiyojlarni javob sifatida keltirishi mumkin. Bu fikrlarni inkor etmagan holda axborot asri deb sifatlanayotgan yangi yuzyillikda axborotga bo‘lgan ehtiyoj  birlamchi zaruratga aylanib qolganini ta'kidlash kerak.

Odamlar kundalik faoliyatini mutolaa bilan boshlaydigan rivojlangan davlatlar bilan muqoyasa qilganda, O‘zbekistonda axborotning qadr-qimmati, axborot olish va uzatish malakasi ibtidoiy bosqichda bo‘lib tuyular. Lekin jahon axborot bozoriga sekinlik bilan bo‘lsa-da, qo‘shilib borayotgan mamlakatda axborot madaniyati shakllanayotgani, unga tovar va boylik sifatida qarash paydo bo‘layotgani kishida umidbaxsh tuyg‘ularni uyg‘otadi.

Bugungi axborot bozorining qat'iy qoidasi shunday: axborot manbasi qanchalik ko‘p, fikrlar, qarashlar nechog‘lik rang-barang bo‘lsa, o‘quvchining tanlash imkoniyati oshadi. Bu esa pirovardida so‘z, fikr erkinligi kabi insonning ajralmas huquqlari ro‘yobini ham ta'minlaydi. 

NewsUz.Com Internet sayti ayni shu xayrli maqsadda "Femida" mustaqil jurnalistlar jamiyati tomonidan tashkil etildi. Maqsadimiz O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar haqida tezkor, xolis, ob'yektiv tarzda axborot berish, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlarni erkin tahlil etish, shu orqali aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, hurfikrlilik (plyuralizm) muhitini yaratishga hissa qo‘shishdan iborat.

Biz kishilarning axborot olish, erkin fikr bildirish huquqini oliy qadriyat deb bilamiz. Saytda berilayotgan informatsion va tahliliy materiallarda mualliflar o‘z munosabati, nuqtai nazarini mustaqil va emin-erkin ifoda etishini yoqlaymiz. Voqelikka tanqidiy va tahliliy yondashuvni qadrlaymiz. 

Axborot taqchil bo‘lgan, fuqarolar o‘z fikrini ochiq-oshkora bildira olmagan, hayot uchun suv va havodek zarur ma'lumotlar ommadan berkitilgan muhitda turli illatlar avj oladi, turfa jinoyatlarga keng yo‘l ochiladi. Shu ma'noda axborotning erkin tarqalishi, turfa qarashlarga, muxolif fikrlarga o‘rin berilishi jamiyatning olg‘a boshlovchi omildir.  Zero, jamiyatda avj olgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishning birdan bir yo‘li ularni ro‘yi rost va xolis yoritish, muammolarga jamoatchilik, xususan, davlat hokimiyati idoralari e'tiborini qaratishdan iborat.

NewsUz.Com Internet nashri ana shu talablardan kelib chiqib ish olib boradi. Haqqoniylik, professionallik, oshkoralik, tezkorlik, xolislik. Bular biz amal qilishni ko‘zlagan hayotiy tamoyillardir. 

Kimki axborotga egalik qilsa, u dunyoga egalik qiladi deyishadi. Albatta, faqatgina axborot vositasida allaqachon egallangan va taqsimgan dunyoga da'vogarlik qilib bo‘lmaydi. Lekin harqalay, toza, sof va haqqoniy axborot sohibi bo‘lgan odam, hayot yo‘llarida qoqilmasdan, turilmasdan maqsad sari ilgarilashi mumkin. NewsUz.Com sayti Sizning yangilikka, axborotga bo‘lgan chanqoqligingizni qondirishga oz bo‘lsa-da, hissa qo‘shsa, demak, harakatlarimiz besamar ketmabdi.

"Haqiqatni izlash to‘xtadimi, demak, hayot ham to‘xtaydi", deydi  qadimgi dunyo mutafakkirlaridan biri. Darhaqiqat, yagona fikr, yakkash g‘oya humkron bo‘lgan jamiyatda haqiqatni izlash to‘xtaydi, bu bilan hayot ham itmomiga yetadi. Turfa fikrlar, rang-barang nuqtai nazarlar har doim, har qanday davlatning umrboqiyligi kafolati bo‘lib kelgan.

Qalbingizda boshqalarga aytishni istagan fikrlaringiz bormi? Mamlakatda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga munosabat bildirmoqchimisiz? Marhamat, tahririyatga maktub yozing. Turfa nuqtai nazarlar, muqobil yondashuvlarni qo`llab-quvvatlaymiz. Maktublaringizni Bu e-mail spam-botlardan himoya qilingan. Uni ko'rish uchun JavaScript ochilgan bo'lishi lozim manziliga yo‘llashingiz mumkin.

NewsUz.Com tahririyati

 
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2009 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 27,555 million kishini tashkil etdi. Shu tariqa aholi bir yilda 483,1 ming kishiga yoki 1,8 foizga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar