| Mustaqil jurnalistikaning xotimasi |
|
|
| 25.12.2007 y. | |
NewsUz.Com. «Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti O‘zbekistonda o‘tgan prezidenti saylovi davlat ommaviy axborot vositalarida qanday yoritilgani, umuman mazkur siyosiy jarayonda jurnalistlarning ishtirokiga bag‘ishlangan hisobot e'lon qildi. Mazkur ma'ruzada so‘nggi yillarda kuchli bosim va nazorat natijasida mamlakatdagi mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyati to‘xtagani qayd etildi. Dunyo miqyosida so`z va matbuot erkinligini kuzatib borubchi tashkilot 1985 yili tashkil etilgan.«Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti vakillari bir oyga yaqin vaqt davomida O‘zbekistonda bo‘lishdi va saylovoldi jarayonlarni kuzatishdi. Mazkur kuzatuvlar asosida tashkilot o‘z xulosalarini e'lon qildi. «Chegara bilmas muxbirlar» xulosasiga ko‘ra, saylovoldi tashviqoti paytida prezident Islom Karimovga davlat ommaviy axborot vositalarida keng imkoniyatlar yaratildi. Har gal omma oldida chiqish qilganida, u nomzod sifatida emas, ulkan muvaffaqiyatlar sababchisi bo‘lgan davlat rahbari sifatida ko‘rsatildi. O‘zbek OAVda fikrlar xilma-xilligining yo‘qligi tufayli fuqarolar xolis axborot olish imkoniyatiga ega bo‘lisha olmadi. «O‘zbekistonda so‘z erkinligi real xavf ostida. Mustaqil jurnalistlarning kichik guruhi qattiq ta'qibga uchrayapti. G‘arb OAVda mamlakatda erkin faoliyat yurita olmaydi va ular O‘zbekistondagi voqealarni yoritish uchun ayyorlik qilishga majburlar», deya qo‘shimcha qiladi huquq himoyasi tashkilotlari. To‘rt hafta davomida «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining kuzatuvchi xodimlari OAVda nomzodlarga qancha vaqt taqdim qilinganini ham o‘rganib borishdi. Kuzatuvchilar monitoring uchun «Xalq so‘zi», «Narodnoe Slovo» va «Pravda Vostoka» kabi davlat nashrlari, shuningdek, «O‘zbekiston», «Yoshlar» telekanallari, «O‘zbekiston» radiosini tanlashdi. Prezidentlikka barcha nomzodlar maxsus ko‘rsatuvlarda ishtirok etish uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Islom Karimov esa nomzod sifatida mazkur dasturlarda juda kam namoyish etildi. Boshqalardan farqli o‘laroq u televizion intervyuda nomzod sifatida emas, davlat rahbari sifatida ko‘rsatildi. Axborot dasturlarida esa prezident Islom Karimov mamlakatni katta muvaffaqiyatlarga yetaklagan rahbar sifatida asosiy planga chiqdi. Axborot dasturlarida amaldagi rahbar sifatida unga boshqa nomzodlardan ko‘ra ko‘proq vaqt berildi. Masalan, «O‘zbekiston»kanali 1 soatu 4 daqiqa vaqtni Karimovga bag‘ishlagani holda, qolgan uch nomzodga umumiy hisobda 59 daqiqa ajratildi. «Yoshlar» telekanali esa faqat Islom Karimovning faoliyatini yoritdi. Boshqa nomzodlar, masalan, demokratik partiya vakili Asliddin Rustamov haqida bor-yo‘g‘i 72 soniyalik lavha berildi. Saylovoldi kampaniya televidenieda ham, radioda ham kam muhokama etildi. «O‘zbekiston» radiosida saylov mavzusiga 17 daqiqa 30 soniya ajratildi. Ayni paytda prezident Karimov faoliyati 1 soatu 23 daqiqa yoritildi. Axborot dasturlarida 3 soatu 14 daqiqa nosiyosiy voqealarga ajratildi. Bu kabi holat matbuot nashrlarida ham kuzatildi. Har bir kundalik gazetada saylov bo‘yicha materiallarga joy taqsimlandi. Ularda prezidentlikka nomzodlar haqida axborot chop etildi. Lekin barcha nashrlarda maqola matni bir xil va o‘zgarishsiz ekani ko‘zga tashlandi. Bu holatni maqolalar davlatga qarashli UzA axborot agentligi tomonidan tayyorlangani bilan izohlash mumkin. Islom Karimov nomzodi mamlakatda ulkan iqtisodiy yutuqlar bilan uyg‘un holda ko‘rsatildi. Qolgan nomzodlar esa muqobil asosda o‘tayotgan saylov sababchilari bo‘lishdan nariga o‘tishmadi. Hatto ular ham o‘z raqiblarini maqtab intervyular berishdi. Matbuot nashrlarida Islom Karimovga boshqa nomzodlarga qaraganda ko‘proq joy ajratildi. Masalan, «Xalq so‘zi» gazetasida prezidentga 6 228 kv sm joy berildi, qolgan uchta nomzod esa birgalikda bor-yo‘g‘i 3 480 kv sm sahifani egallashdi. O‘zbekistonda endilikda birorta ham mustaqil nashr mavjud emas. 2000 yildan boshlangan jamiyatning tanobini tortish jarayoni 2005 yil Andijon voqealaridan keyin xotima topdi. «Bi-bi-si», «Ozodlik» kabi G‘arb OAV mamlakatni tark etishga majbur bo‘lishdi. Mustaqil jurnalistlar qatag‘on qurboni bo‘lishdi. 2006 yildan boshlab G‘arb OAV bilan hamkorlik qilishni istagan jurnalistlar tashqi ishlar vazirligidan akkreditatsiyadan o‘tishga majbur etildi. Yoritish taqiqlangan mavzular miqdori keskin ortdi. Jurnalistlar amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalar doimiy sur'atda o‘zgarib turibdi. Masalan, kecha yoritish mumkin bo‘lgan mavzuga bugun taqiq qo‘yiladi. Prezidentlik saylovi arafasida jurnalistlarga bosim yanada kuchaydi. 2007 yili "Nemis to‘lqini" radiosi rasmiylarning ta'qibiga uchradi. Holbuki, mazkur radio O‘zbekistonga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalarni olib tashlash tashabbusi bilan chiqqan Germaniyaning davlat OAV edi. Jurnalistlardan biri mamlkatni tark etishga majbur bo‘ldi va hozir xorijda yashayapti. Qolgan jurnalistlar ham doimiy tarzda tahdidlar va ma'muriy to‘siqlarga duch kelmoqdalar. Jurnalistlarga hujum holati ham tez-tez qayd etiladi. 2005 yili ikki nafar jurnalistga hujum amalga oshirildi. Matbuot va jurnalistlarni nazorat qilish uchun xavfsizlik xodimi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga tayinlandi.
|
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|



NewsUz.Com. «Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti O‘zbekistonda o‘tgan prezidenti saylovi davlat ommaviy axborot vositalarida qanday yoritilgani, umuman mazkur siyosiy jarayonda jurnalistlarning ishtirokiga bag‘ishlangan hisobot e'lon qildi. Mazkur ma'ruzada so‘nggi yillarda kuchli bosim va nazorat natijasida mamlakatdagi mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyati to‘xtagani qayd etildi. Dunyo miqyosida so`z va matbuot erkinligini kuzatib borubchi tashkilot 1985 yili tashkil etilgan.