Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Inson huquqlari arrow Saidjahon Zaynobiddinov ham avf etildi  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Saratonni davolash - juda murakkab jarayon. Lekin u bedavo dard emas. Saraton birinchi bosqichida aniqlansa, 100 %, ikkinchi bosqichda - 70 %, uchinchi bosqichda 45 %ga davolash mumkin. Shuni aytish kerakki, kasallikni birinchi bosqichda har qanday mutaxassis ham aniqlayvermaydi".

Doniyor Qosimov, Respublika onkologik ilmiy markazi bosh shifokori

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Saidjahon Zaynobiddinov ham avf etildi Chop etish uchun E-mailga yuborish
06.02.2008 y.
 NewsUz.Com. O‘zbekistondagi atoqli inson huquqlari himoyachisi, ro‘yxatga olinmagan «Appelyatsiya» tashkiloti rahbari Saidjahon Zaynobiddinov muddatdan oldin ozodlikka chiqarildi. Uch yilga yaqin muddat davomida qamoqda saqlangan huquq faoliga O‘zbekiston Senati tomonidan 2007 yilning noyabrida e'lon qilingan amnistiya akti qo‘llandi. 

Saidjahon Zaynobiddinovning ma'lum qilishicha, uning salomatligi joyida. Ayni paytda u erkin hayotga moslashishga harakat qilyapti.

«Appelyatsiya» nodavlat tashkiloti rahbari 2005 yili Andijon shahrida ro‘y bergan hodisalarning jonli guvohlaridan biri. Uning qamoqqa olinishi va ozodlikdan mahrum etilishiga ham ana shu sabab bo‘lgan.

Andijonda ro‘y bergan otishmalarning bevosita shohidi bo‘lgan huquq himoyachisi mash'um voqealardan keyinoq butun dunyo ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, qirg‘in paytida bir qancha begunoh odamlar qurbon bo‘lganini ochiq aytgan edi. Kuzatuvchilarning fikricha, huquq himoyachisi aynan Andijon voqealari bo‘yicha rasmiy munosabatni inkor etgani uchun ham jazoga tortildi.

Saidjahon Zaynobiddinov 2005 yilning 21 mayida qamoqqa olindi. U O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159- («amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz»), 139-moddalari («tuhmat»), 244-moddaning birato‘la ikki qismi («jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid qiluvchi materiallar taryyorlash va tarqatish» va «diniy ekstremistik, separatistik, fundumentalistik va boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish va rahbarlik qilish»)da ayblandi.

Jinoiy ish ochilganidan keyin u  sakkiz oy ichki ishlar vazirligi tergov izolyatorida saqlandi. 2006 yilning 13 yanvarida yopiq tartibda o‘tgan sudda huquq himoyachisi yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Tutqunlikdagi hayoti haqida ma'lumot bergan Saidjahon Zaynobiddinov qamoqxonada unga yomon munosabatda bo‘lishmagani, lekin hammadan uzib, izolyatsiya holatida saqlashganini aytdi. Shu bilan birga ikki yilu sakkiz oylik muddat davomida uni tez-tez qamoqxonadana qamoqxonaga ko‘chirishganini eslab o‘tdi.

Oxirgi oyda O‘zbekistondagi bir qator inson huquqlari himoyachilari amnistiya akti qo‘llandi.

Jumladan, sirdaryolik Karim Bozorboev, taniqli inson huquqlari faoli Baxtiyor Hamroevning o‘g‘li Ixtiyor, jurnalist va huquq himoyachisi Umida Niyozova o‘tayotgan jazodan ozod etildi.

Hozirgi qadar O‘zbekistonda siyosiy mahbuslarga nisbatan amnistiya akti kamdan kam hollarda qo‘llangan. Bu esa G‘arb mamlakatlari va inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lib kelgan.

Kuzatuvchilar rasmiy Toshkentning insonparvarlik siyosatini o‘tgan oyda G‘arbdan kelgan yuqori martabali mehmonlarning tashrifi bilan bog‘lashmoqda. Joriy yilning 17 yanvar kuni Toshkentga Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Per Morel, 24 yanvar kuni AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi rahbari, admiral Uilyam Fellon tashrif buyurdi. Muzokaralar chog‘ida nufuzli mehmonlar mamlakat rahbariyati bilan inson huquqlari masalasini ham muhokama qilganlar.

Shundan kelib chiqib, aksariyat tahlilchilar O‘zbekistonda qamoqqa hukm etilgan huquq faollarining ozodlikka chiqarilishini rasmiy hukumatning Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan aloqalarni yaxshilashga urinishi sifatida talqin qilmoqdalar.

 

Shu mavzudagi materiallar:

Umida Niyozova jazodan ozod etildi

Senat avfi umumiy e'lon qiladi

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari mamlakatga ikki millird dollarga yaqin mablag‘ yuborganlar. Jahon moliyaviy inqirozi sababli so‘nggi oylarda xorijdan mamlakatga pul oqimi 90 foizga qisqargan.

O‘zbekistondagi "Tezkor harakat guruhi" ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar