Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Inson huquqlari arrow Hech bo‘lmagandan kech bo‘lgani durust  
10.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

Ongimizga o‘rnashib qolgan - "sut bilan kirgan" haybarakallachilik, Abdulla Avloniy bobomiz ko‘p kuyunib yozgan jur'atsizlik hamon yashab kelar ekan, to‘g‘ri adabiyot, to‘g‘ri jurnalistika haqida nima deyish mumkin?

Yoqubjon XO‘JAMBERDIYEV,  jurnalist

("Siz o‘zi kimsiz - janob jurnalist?"maqolasidan)

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Hech bo‘lmagandan kech bo‘lgani durust Chop etish uchun E-mailga yuborish
25.11.2007 y.
 NewsUz.Com. Oliy Majlis deputatlari, hukumat a'zolari, xalqaro tashkilotlar va nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari ishtirokida Toshkentda o‘tgan yig‘in bolalar huquqlari masalasiga bag‘ishlandi. Birlagan Millatlar Tashkiloti ko‘magida uyushtirilgan ilmiy-amaliy seminarda O‘zbekiston qonunchiligidagi bola huquqlariga doir kamchiliklar tahlil etildi.

O‘zbekiston BMTning Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyasini imzolagan. Milliy qonunchilikni mazkur Konventsiya talabiga moslashtirish uchun qator chora-tadbirlar ko‘rilgan. Lekin xalqaro hamjamiyatning qayta-qayta talablariga qaramasdan O‘zbekistonda haligacha bolalar huquqlari kafolatlari hamda, yuvenal sudlov bo‘yicha qonun qabul qilinmagan. Ishlab chiqilayotgan qonunlarning ijro etilishi masalasi alohida mavzu. Lekin kerak bo‘lsa, kasanachilik to‘g‘risida alohida qonun hujjati qabul qilingan bir paytda bolalar huquqlari kabi o‘ta muhim masalaning e'tibordagn chetda qolishi qiziq. 

Ma'lum bo‘lishicha, ayni paytda O‘zbekiston parlamenti bolakaylarning huquqlarini kafolatlash uchun qonun loyihasi ustida ish olib bormoqda ekan. Xalqda hech bo‘lmagandan kech bo‘lgani yaxshi degan optimistik ruh bilan sug‘orilgan yaxshi naql bor. Parlament tomonidan kechikibroq bo‘lsayam, ushbu dolzarb masalaga doir qonunning ishlanishini faqat olqishlash mumkin. Harqalay, yangi qonun dalalarda paxta terayotgan o‘quvchilar huquqini himoya qilishi ehtimoli yo‘q emas.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari mamlakatga ikki millird dollarga yaqin mablag‘ yuborganlar. Jahon moliyaviy inqirozi sababli so‘nggi oylarda xorijdan mamlakatga pul oqimi 90 foizga qisqargan.

O‘zbekistondagi "Tezkor harakat guruhi" ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar