Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Inson huquqlari arrow Gapni gapir uqqanga...  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Keyingi yillarda yoshlar ruhiyatida shunday bir illat paydo bo‘ldiki, bunga ota-onalar ham, jamiyat ham loqayd qaramoqda. Bu - sakrash falsafasidir. Ba'zi ota-onalar farzandlarini bir necha sinf osha "sakratib", maktabni muddatidan uch-to‘rt yil oldin bitirtirmoqchi bo‘ladi. Biroq hayotda "bir tomondan yutsa, boshqa tomondan yutqazish qonuniyati" ham bor. Bolaning ongida sakrab o‘tilgan sinflarni o‘zlashtirish zarur bo‘lgan bilim zaxirasi o‘rnida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Aslida chalamullalik sababi ham shunda".

Nusratulla Jumaxo‘jayev, filologiya fanlari doktori, professor

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Gapni gapir uqqanga... Chop etish uchun E-mailga yuborish
27.11.2007 y.

  NewsUz.Com. Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti qiynoqlar qo‘mitasi 39-sessiyasi yakunlandi. Yig‘inda BMT O‘zbekistondagi inson huquqlari borasidagi ahvoldan xavotir bildirgan.

Anjumanda Portugaliya, Norvegiya, Latviya, Estoniya va Benin kabi davlatlar qatori O‘zbekistondagi qiynoqlar bilan holat ham muhokama etildi.

BMTning qiynoqlar bo‘yicha qo‘mitasining bu galgi xulosasi salbiy xarakterga ega. Qo‘mita o‘zbek huquq idoralari tomonidan qiynoqlar, insoniylikka zid munosabatda muntazam sur'atda qo‘llanayotgani, BMT Konventsiyasi talablari bajarilmayotganidan tashvish izhor etgan.

Tashkilotning qiynoqlarga qarshi maxsus Konventsiyasi 1984 yili qabul qilingan. Mazkur hujjatni 145 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham ratifikatsiya qilgan.

O‘n nafar mustaqil ekspertlardan tashkil topgan ushbu qo‘mita har to‘rt yilda bir marotaba a'zo davlatlarning qiynoqlarga qarshi Konventsiyani qanday bajarayotganini tahlil qiladi.

Qo‘mita ekspertlari O‘zbekistonda politsiya va turma xodimlari qiynoqlardan doimiy sur'atda foydalanishlarini qayd etgan. Bu borada tekshiruvlar o‘tkazish, noinsoniy munosabatlarga yo‘l qo‘yganlarni jazolash talablari esa tabiiy ravishda e'tiborsiz qoldirilgan. Qiynoqlar va noinsoniy munosabatlar xususan,
tergov va surishtiruv davrida avj olishi ta'kidlangan.
Xalqaro tashkilot mamlakat rahbariyatini Konventsiya talablarini to‘la bajarishga chaqirgan.
Hozirga qadar inson huquqlari borasidagi salbiy vaziyat vajidan O‘zbekiston hukumati tanqid qilib kelinadi. Lekin xalqaro tashkilotlarning achchiq fikrlari shu paytga qadar tan olinmagan. Faqat rad etilgan.
Jahon davlatlarini muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarishga urinayotgan BMT 2006 yili mustaqil ekspertlarning qamoqxonalarga kirishi huquqini beradigan protokol ham qabul qilgan. Biroq butun boshli Kontsentsiya tan olinmayotgan bir paytda qo‘shimcha protokol talabining bajarilmayotganini takrorlab o‘tirmasa ham bo‘ladi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon gazini Yevropaga sotishga qaratilgan «Nabukko» quvurining uzunligi 4,5 ming km bo‘lishi rejalashtirilgan. 7,9 mlrd. yevro qimmatiga ega bo‘lgan loyihaga ko‘ra, quvurlar qurilish 2014 yilda yakunlashini zarur. Reja bo‘yicha Markaziy Osiyodan ushbu quvur orqali yiliga 30 mlrd. kubometr gaz sotiladi.

"Nabucco" konsorsiumi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar