Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Inson huquqlari arrow Bolalar qo`li bilan terilgan paxta rad etildi  
10.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Gap ayblov va himoyaning tengligini ta'minlash xususida ketarkan, eng avvalo, amaldagi qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, sud majlislariga maslahatchilarni kengroq jalb etish, joylardagi sayyor sud majlislarini kuchaytirish lozim".

Faxriddin Komilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

 

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Bolalar qo`li bilan terilgan paxta rad etildi Chop etish uchun E-mailga yuborish
29.11.2007 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekistondagi ijtimoiy holat Yevropadagi biznes va tijorat faoliyatiga ham ta'sir ko‘rsatdi. Finlyandiyaning Marimekko kompaniyasi bolalar huquqlarini himoya qilish vajidan Kreenholm shirkatidan to‘qimachilik mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatdi. Taxminlarga qaraganda, Estoniyaning Kreenholm shirkati o‘z to‘qimachilik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda bolalar mehnatidan majburiy foydalangan holda terilgan O‘zbekiston paxtadan foydalanmoqda. 

Shu hafta Finlyandiyaning Nelsingin Sanomat gazetasida ayni shu mavzudagi maqola chop etilgan. Mazkur maqolada Boras Wafveri biznes guruhiga kiruvchi Kreenholm kompaniyasi bolalarni majburlab ishlatish evaziga terilgan paxtadan foydalanayotgani tilga olingan .

Shvetsiyaning SVT kanali ham o‘zbekistonlik maktab bolalari o‘qish o‘rniga paxtaga haydalayotgani to‘g‘risida hujjatli film ko‘rsatgan. Filmda aytilishicha, Yevropada yuqori savdo markalari sifatida tilga tushgan H&M, Boras Wafveri kabi kiyim-kechak mahsulotlari ana shu paxtadan tayyorlanadi.

Kreenholm shirkatining rahbari Matti Xaarayoki ular paxtani vositachilardan sotib olishlari, shu bois kompaniya chiqarayotgan mahsulotlarda haqiqatan ham o‘zbek paxtasidan foydalanilgani aniq emasligini ma'lum qilar ekan, bolalar mehnatidan majburiy foydalanishni keskin tanqid qilgan.

Endilikda Kreenholm shirkati paxtaning kelib chiqish manbasini o‘rganishga kirishdi. To‘xtab qolgan oldi-sotdilarning yana qaytadan yo‘lga qo‘yilishi tekshiruv natijalariga bog‘liq.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

O‘zbekistonda 2015 yilga qadar birinchi toifali milliy avtomagistral quriladi. Magistral uchun ketadigan 2,6 mlrd. dollar mablag‘ hukumat g‘aznasi, respublika yo‘l jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va Xitoy kreditlari hisobidan qoplanadi. Loyiha doirasida 18 ta yirik, 600 ta o‘rta va kichik hajmdagi ko‘priklar bunyod etiladi.

"O‘zavtoyo`l" idorasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar