| Bir yoqlama inkor |
|
|
| 30.11.2007 y. | |
NewsUz.Com. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Yevropa matbuotida chop etilgan mamlakatda bolalar mehnatidan majburiy sur'atda foydalanilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi. Shu paytga qadar mamlakat to‘g‘risida bildirilgan tanqidiy qarashlarni bir tomonlama rad etgan tashqi ishlar idorasi bu gal ham eski "sinalgan" usuldan foydalandi.
NewsUz.Com 29 noyabr kungi xabarida Delfi portaliga tayanib, Finlyandiyaning Marimekko kompaniyasi bolalarni majburlab ishlatish orqali terilgan o‘zbek paxtasi mahsulotlari xaridini to‘xtatgani haqida ma'lumot bergan edi. Mazkur ma'lumotlar xalqaro doirada keng muhokama bo‘layotgan bir paytda O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi Delfi axborot portaliga javob yuborgan. O‘zbek diplomatik idorasi o‘z javobida qishloq xo‘jaligida bolalar mehnat foydalanishini butkul rad etgan. Bunday axborot "O‘zbekistonni ko‘rolmayotgan dushmanlarning axborot hujumi" deb an'anaviy bahona ro‘kach qilingan javobda bolalar mehnat to‘g‘risidagi da'volar real voqelikka mos emas deya baholangan. Bundan oldinroq O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tarqatgan bayonotda ham ana shunday bir yoqlama inkor holatini ko‘rish mumkin. O‘zbek tashqi ishlar mahkamasi bergan javob shoshilinch sur'atda tayyorlangani bois bo‘lsa kerak, palapartishliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, bolalar mehnatidan foydalanish holati mavjud emasligini isbotlash uchun O‘zbekiston diplomatik idorasi mamlakatda davlat xo‘jaliklari tugatilganini dalil sifatida keltirgan. Lekin javobda davlat xo‘jaliklari tugatilgani bilan, davlat rejasi hali ham saqlanib qolayotgani, paxta terish mavsumida maktab o‘quvchilarining majburiy ishtiroki hokimiyat, ichki ishlar va prokuratura idoralari tomonidan kuch bilan ta'minlanayotgani haqida eslab o‘tilmagan.
Shu mavzu bo`yicha material: Bolalar qo`li bilan terilgan paxta rad etildi
|
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|