| Yevropa sudi qarori ham e’tiborga olinmadi |
|
|
| 06.12.2007 y. | |
|
Xabarlarga ko‘ra, Kamaliev 4 dekabr tunida Tyumen-Toshkent yo‘nalishidagi samolyotda O‘zbekistonga yuborilgan. Abdug‘ani Kamaliev o‘n yil oldin 1997 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga chiqib ketgan. Bir necha yil davomida rus shaharlarida yashagan qochoq 2000 yili Rossiya fuqaroligini ham olishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zbekiston prokuratura idorasi tomonidan ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatda ayblanib qidirilayotgan o‘zbek qochog‘i 2006 yilda ham rus militsiyasi tomonidan hibsga olingan edi. Lekin o‘tgan yilgi hibs paytida O‘zbekiston huquq idoralari ayblovni dalillab bera olmaganlari uchun A. Kamaliev qo‘yib yuborilgan. O‘zbekistonlik qochoq vataniga qaytadigan bo‘lsa, diniy ayblov bilan qamoqqa olinishidan xavotirga tushgan Rossiyali huquq himoyachilari inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat etishgan edi. Yevropa sudi-ku, huquq himoyachilari talabini qondirdi. Lekin buning amalda nafi bo‘lmadi. Ekstraditsiya ijrochisi bo‘lgan Tyumen militsiyasi Strasburg sudi qarorini olmaganini bildirgan... Rossiyadan o‘zbekistonlik qochoqlarni majburiy qaytarilishi birinchi uchrayotgan hodisa emas. Bundan bir yil oldin ham inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sud qaroriga zid ravishda o‘zbekistonlik Rustam Mo‘minov ekstraditsiya qilingan va 2007 yilning yanvarida besh yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|



NewsUz.Com. Rossiya Federatsiyasidan panoh topgan o‘zbek qochoqlaridan biri Abdug‘ani Kamaliev O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. U Tyumen militsiyasi tomonidan o‘zbek huquq idoralarinig so‘rovi bilan hibsga olingan edi. Bir necha kun muqaddam Strasburgdagi inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi A. Kamalievni O‘zbekistonga majburiy jo‘natishni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Nufuzli mahkama hujjatiga ham qaramay, Rossiya militsiyasi mahbusni o‘z mamlakatiga qaytargan.