| BMT talablari qanday bajarilyapti? |
|
|
| 07.12.2007 y. | |
|
1948 yilning 10 dekabrida BMTning muhim hujjatlaridin biri inson huquqlari butunjahon deklaratsiyasi qabul qilingan. Yarim asrdan oshibdiki, inson erki va hurligini qadriyat sifatida e'lon qilgan ushbu hujjat qabul qilingan kuni butun dunyoda inson huquqlari kuni sifatida nishonlanadi. Toshkentda o‘tgan anjuman bir paytning o‘zida ham Inson huquqlari kuni, ham mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilingan sanaga to‘g‘ri keldi.
Anjuman BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda mamlakat Inson huquqlari milliy markazi tomonidan tashkil etildi. Tadbir garchi O‘zbekistonning xalqaro konventsiyalarni bajarishi bo‘yicha muammolariga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, umumiy xulosalarning barchasi ijobiy bo‘ldi. Xususan, inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz raisining o‘rinbosari Ahmadjon Ismoilov O‘zbekiston BMTning barcha talablarini ado etayotganini ta'kidladi (Milliy markaz raisi Akmal Saidov saylovoldi jarayonlarida band bo‘lgani bois, bu gal tadbirda uning o‘rinbosari ishtirok etgan). Anjuman mobaynida qatnashchilar inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonda katta muvaffaqiyatlarga erishilayotgan xususida so‘zladilar. Yaqindagina Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning qiynoqlar qo‘mitasi yig‘inida inson huquqlari borasida O‘zbekistondagi holat tanqid qilingan edi. Anjumanda bu masala umuman eslab o‘tirilmadi. Buning o‘rniga xalqaro konventsiyalarni ijro etish borasidagi izchillik va mukamallik ta'rif-tavsif etildi.
Shu mavzudagi material: |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|



NewsUz.Com. Toshkent shahrida O‘zbekiston tomonidan Birlashgan Millatlar tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha tavsiyalari qanday ijro etilayotganiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Mamlakatdagi 40 dan ziyod davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari hozir bo‘lgan tadbirda xalqaro me'yorlarni bajarishi jarayonidagi muammolar muhokama etilishi kutilgan edi.