Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Inson huquqlari arrow “Keng miqyosda kuzatuvga hojat yo`q”  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Ilmiy muassasalarimiz va oliy o‘quv yurtlarida jonli, qaynoq ilmiy jarayonni yuzaga keltirish muhim. Hozir esa, afsuski, goho o‘ta rasmiyatchilik bilan yondashuv tamoyili yetakchilik qilmoqda. Yuzlab ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi, tezis va ma'ruza matnlari chop etiladi. Anjumanlarda ishtirokchilar ma'ruza qilishga arang ulguradi. Xulosalar ham oldindan tayyorlab qo‘yiladi, xo‘jako‘rsinga o‘qib eshittiriladi".

Nusratulla Jumaxo‘jayev, filologiya fanlari doktori, professor

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
“Keng miqyosda kuzatuvga hojat yo`q” Chop etish uchun E-mailga yuborish
07.12.2007 y.
 NewsUz.Com. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) O‘zbekistonda o‘tadigan prezident saylovini atroflicha kuzatish fikridan voz kechdi. Bu haqda byuro rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda ma'lum qilingan.
DIIHB o‘z qarorini prezidentlik saylovi jarayonida real siyosiy raqobat yo‘qligi bilan izohlagan.

Bayonotda O‘zbekistonda oldingi yillardagi prezident sayloviga qaraganda bu yil nomzodlar miqdori ko‘p ekani, lekin bu holat amaliy ahamiyatga ega emasligi aytilgan. So‘nggi yillarda mamlakatda ayrim ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsa-da,  bugungi siyosiy jarayonlar prezidentlik uchun nomzodlarning konstruktiv va samarali raqobatiga imkon bermaydi deyiladi DIIHB xulosasida. Mavjud holatging yuzaga kelishi esa muxolifat va ommaviy axborot vositalarining kuchsizligi bilan ham bog‘liq ekani qayd etilgan.

YXHT byurosi O‘zbekistondagi saylov jarayonlarini atroflicha va tizimli o‘rganmasa ham, mamlakatga cheklangan kuzatuvchilar missiyasi (Limited Election Observation Mission) ni yuboradi. 12 dekabrga qadar kelishi rejalashtirilgan kuzatuvchilar guruhi o‘n kishidan iborat. Delagatsiyaga avstriyalik Valter Siegl boshchilik qiladi. Kuzatuvchilar guruhi asosan Toshkent shahrida faoliyat olib boradi va faqat ovoz berish kuni ayrim saylov uchastkalariga borishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) baholash guruhi 28 noyabr kuni prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonini o‘rganish maqsadida O‘zbekistonga kelgan edi. Mamlakatdagi bir necha kunlik safar davomida baholash guruhi saylov kampaniyasini o‘rgandi. Byuro tizimli va keng miqyosdagi kuzatuvdan voz kechish to‘g‘risida qaror qabul qilishda bevosita mazkur guruhning xulosalariga tayangan.

O‘zbekiston hukumati Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuro bilan 1997 yili o‘zaro anglashuv memorandumi, 1999 yili bitim (kommyunike) imzolangan. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston rahbariyati o‘z zimmasiga demokratiya va inson huquqlari ustuvorligini ta'minlash, shu jumladan, saylovlarni qonuniy asosda, xalqaro huquq me'yorlariga mos ravishda o‘tkazish majburiyatini olgan.

 

Shu mavzu bo‘yicha materiallar:

Nomzod ko‘p... raqobat yo‘q

Baholash guruhi hali o‘z bahosini bermadi

Xavotir ishonchga aylanganicha yo‘q

  

EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining rasmiy sayti

 

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Har yili 360 ming nafar xorijlik Rossiya fuqaroligini oladi. Ularning deyarli yarmi rus millatiga mansub odamlar. Rossiya fuqaroligini olish borasida birinchi o‘rinda - Qozog‘iston, ikkinchi o‘rinda - Ukraina, uchinchi o‘rinda - O‘zbekiston turadi.

Rossiya federal migratsiya xizmati ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar