Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Inson huquqlari arrow Haqorat va zo‘ravonliksiz  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Hozir, taassufki, ayrimlar harom yo‘l bilan pul topishni fazilat deb biladi. Maoshi hemiri-yu, dang‘illama hovlilar qurgan (va har ehtimolga qarshi birovning nomiga o‘tkazgan), "amriqoncha" millionlarni pasqam joylarga taxlab qo‘yganlar ham kam emas. Eng chatog‘i, ba'zi birovlarda "mansab - harom-harish yo‘l bilan pul topish manbai" degan fikr paydo bo‘lyapti. Bu juda yomon".

Usmon Azim, O‘zbekiston xalq shoiri

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Haqorat va zo‘ravonliksiz Chop etish uchun E-mailga yuborish
08.12.2007 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilish ittifoqi faollari 8 dekabr Konstitutsiyasi kuni mamlakat bosh prokuraturasi binosi qarshisida tinch namoyish o‘tkazdilar. Namoyishchilar qo‘llaridan tutgan plakatlarda O‘zbekiston Konstitutsiyasining kattalashtirilgan tasviri va asosiy qonunni himoya qilish va hurmatlash to‘g‘risidagi da'vatlarni ko‘rish mumkin edi.

Shu bilan birga piket ishtirokchilari mamlakatdagi siyosiy mahbuslarga ozodlikka chiqarishni ham talab qilganlar.

Piket ishtirokchilarining ma'lum qilishicha, namoyish tinch holatda o‘tgan. Bu gal namoyish o‘tayotgan joyga yetib kelgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari ham o‘zlarini osoyishta va xotirjam tutganlar. Inson huquqlari himoyachisi Axtam Shoymardonovning ma'lum qilishicha, namoyish organ xodimlari tomonidan s'yomka qilingan. Lekin namoyishchilarga qarshi hech qanday qarshi harakat qilinmagan.

Odatda O‘zbekistonda inson huquqlari himoyachilari tomonidan o‘tkaziladigan namoyish va piketlar organ xodimlari tomonidan majburan tarqatib yuborilar va aktsiya tashkilotchilariga qarshi majburiy ta'sir choralari ko‘rilar edi. Bu gal Konstitutsiya kuni o‘tkazilgan piket birinchi marta haqorat, zo‘ravonliklarsiz, tinch holatda o‘tdi. Namoyish tashkilotchilari tomonidan bu holat yaqinlashib kelayotgan saylov bilan izohlangan.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Keyingi o‘n yillikda odam savdosi Janubi-sharqiy Osiyodan sobiq Ittifoq mamlakatlariga ko‘chdi. Birgina 2000 yilning o‘zida MDH davlatlaridan Yevropa mamlakatlariga bir yuz yigirma ming ayol sotilgan.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar