Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
11.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Jurnalistika maqtovbozlikdan iborat bo‘lib qoldi. Oqni oq, qorani qora, deydigan jurnalistlar juda ham kam. Nega bunday bilmayman. Nega o‘z fikrlarimizni qog‘ozga o‘rab-chirmab ifodalashimiz kerak, qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘rsatib berolmaymiz. Bu nima qo‘rqoqlikmi, andishami, jur'atsizlikmi? Bu ketishda ertaga nima bo‘ladi? O‘z-o‘zimizni aldab nimaga erishamiz? Hech narsaga!"

Obid Asomov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, qiziqchi
 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Bozor uchun kurash
Iqtisodiyot
03.03.2010 y.
 NewsUz.Com. 2010 yilda GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi Rossiya va MDH bozorlarida 65 ming dona avtomobil sotishni rejalashtirgan. Xususan, "Matiz" avtomobili yoshlar uchun ommabop mashina sifatida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Vesti.uz xabariga ko‘ra, Rossiya avtobozorida raqobat kuchaygan. Masalan, Renault kompaniyasi 1 martdan Moskvadagi zavodida "Renault Sandero" mashinasini ishlab chiqara boshlagan.
davomi...
 
Hukumatda yangi tayinlanuvlar
Iqtibos
03.03.2010 y.
 NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan hukumat tarkibida bo‘shab qolgan bir qator vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari tayinlandi. Rasmiy agentlik tarqatgan xabarga ko‘ra, 2 mart kuni Avaz Marahimov Xalq ta'limi vaziri etib tayinlangan. Bunga qadar u Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2008 yilning aprelidan Xalq ta'limi vaziri lavozimida ishlab kelgan G'ayrat Shoumarov o‘tgan haftada ishdan bo‘shatilgandi.
davomi...
 
Toshkentda sog‘liqni saqlash bo‘yicha seminar
Turfa hodisalar
01.03.2010 y.
 NewsUz.Com. 1 mart kuni Toshkentda O'zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Germaniya va AQSh sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminar boshlandi. To‘rt kun davom etadigan seminarda ishtirokchi davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolari xususida fikr almashiladi, deb xabar beradi Amerika elchixonasi matbuot xizmati.
davomi...
 
Ta’lim vazirlari ishdan ketdi
Siyosat
01.03.2010 y.
 NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidentining farmoni bilan ta'limga mas'ul ikki mansabdor - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Azimjon Parpiev hamda Xalq ta'limi vaziri G'ayrat Shoumarov lavozimdan bo‘shatildi bu haqda gazeta.uz nashri gov.uz hukumat portaliga tayanib xabar beradi.Azimjon Parpiev 2008 yilning yanvaridan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, G'ayrat Shoumarov esa 2008 yilning aprelidan Xalq ta'limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
davomi...
 
Norov Yanukovich inauguratsiyasida ishtirok etadi
Siyosat
24.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Viktor Yanukovichning inauguratsiya marosimida ishtirok etadi. Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi tarqatgan xabarga ko‘ra, V.Norov 23 fevral kuni Ukraina poytaxti Kievga yetib borgan. V.Yanukovichning rasmiy prezident sifatida e'lon qilish marosimi 25 fevral kuni o‘tadi. Unda 100ga yaqin xorijiy davlat delegatsiyasi ishtirok etishi kutilmoqda.

davomi...
 
Qizamiqqa qarshi emlash
Turfa hodisalar
23.02.2010 y.
 NewsUz.Com. O'zbekistondagi barcha davolash-profilaktika muassasalari shay holatga keltirildi. Respublikaning 8,2 million aholisi qizamiq va qizilchaga qarshi emlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi sanatariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi xabar beradi. Shu maqsadda 5664 tibbiy brigadalar tuzilgan, 8,7 mln dona vaktsina va bir martalik shpritslar sotib olingan.
davomi...
 
“AQSh O’zbekistonda harbiy baza ochmoqchi emas”
Iqtibos
23.02.2010 y.
 NewsUz.Com. "AQSh 2005 yili diplomatik mojaro sababli yopilgan O'zbekistondagi harbiy bazani qayta ochish niyatida emas", dedi Amerikaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbruk Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan safari yakunida. Reuters axborot agentligi xabariga ko‘ra, amerikalik diplomat O'zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yuklarni olib o‘tishga yo‘l ochib berganini ta'kidlagan.
davomi...
 
Richard Xolbruk O’zbekiston Prezidenti bilan uchrashdi
Siyosat
19.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 19 fevral kuni AQShning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbrukni qabul qildi. Gazeta.uz caytining Amerika elchixonasiga tayanib xabar berishicha, uchrashuvda ikki davlatni qiziqtirgan masalalar, jumladan, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish muhokama qilingan. R.Xolbruk 17 fevraldan buyon Markaziy Osiyo bo‘ylab safarda yuribdi.

davomi...
 
Nazarboyev O’zbekistonga tashrif buyuradi
Siyosat
18.02.2010 y.

 NewsUz.Com. 17 fevral kuni Qozog‘istoning Almati shahrida O'zbekiston va Qozog‘iston hukumatlararo komissiyasi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida bir qator masalalar jumladan Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning O'zbekistonga tashrifi masalasi muhokama qilingan. Muzokaralarni O'zbekiston nomidan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, Qozog‘iston tomonidan esa bosh vazir o‘rinbosari Umirzoq Shukeev olib borgan.

davomi...
 
Tamaki savdosi qonunan cheklanadi
Iqtibos
17.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekistonda spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini yoshlar orasida sotish va tarqatish qonun darajasida cheklanishi mumkin. Regnum axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, hukumatning tegishli idoralarida bu to‘g‘rida qonun hujjati tayyorlanmoqda. Mazkur qonun loyihasi bilan tamaki va spirtli ichimliklarni sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ta'lim muassasalari binosida sotish taqiqlanadi.

davomi...
 
Yulduz Oripovadan 55 ming dollar undiriladi
Kriminal
16.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripovning qizi, taniqli telejurnalist Yulduz Oripova Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan firibgarlik jinoyatida aybdor deb topildi. ÑA-news agentligi xabariga ko‘ra, Y.Oripovaga amnistiya akti qo‘llanilgan va u ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazodan ozod etilgan. Sud qaroriga ko‘ra, undan fuqarolik tartibida 55 ming AQSh dollar undirilishi belgilangan.

davomi...
 
O’zbekistondagi eng obro‘li kasblar
Turfa hodisalar
15.02.2010 y.

 NewsUz.Com. Shifokorlar, iqtisodchilar, o‘qituvchilar va huquqshunoslik kasbi egalari O'zbekistondagi eng obro‘li kasblar sanaladi. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan so‘rovda mazkur holat qayd etilgan. Markaz tarqatgan xabarga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etganlarning 67%i shifokorlar, 49,6%i pedagoglar, 35,2%i iqtisodchilar, 26%i huquqshunoslarni eng yaxshi kasb egalari deb baholagan.

davomi...
 
<<  1 2 3 4 5 6 7 8 9 10  >  >>

Natijalar 1 - 18 1211
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

O‘zbekistonda 2015 yilga qadar birinchi toifali milliy avtomagistral quriladi. Magistral uchun ketadigan 2,6 mlrd. dollar mablag‘ hukumat g‘aznasi, respublika yo‘l jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va Xitoy kreditlari hisobidan qoplanadi. Loyiha doirasida 18 ta yirik, 600 ta o‘rta va kichik hajmdagi ko‘priklar bunyod etiladi.

"O‘zavtoyo`l" idorasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar