|
Yangiliklarga obuna bo'lish |
|
|
|
Nuqtai nazar |
|
Ongimizga o‘rnashib qolgan - "sut bilan kirgan" haybarakallachilik, Abdulla Avloniy bobomiz ko‘p kuyunib yozgan jur'atsizlik hamon yashab kelar ekan, to‘g‘ri adabiyot, to‘g‘ri jurnalistika haqida nima deyish mumkin? Yoqubjon XO‘JAMBERDIYEV, jurnalist ("Siz o‘zi kimsiz - janob jurnalist?"maqolasidan) |
|
|
Eng ko'p o'qilgan maqolalar |
|
|
|
Yangiliklarni eksport qilish |
|
|
|
 |
|
Siyosat
|
|
01.12.2009 y. |
|
 NewsUz.Com. O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari jinoiy jazoni liberallashtirish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qildi va ma'qullash uchun yuqori palata - Senatga yubordi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar tarqatdi. Aslida ayni paytda amalda bo‘lgan Jinoyat kodeksida jazoni yengillashtiruvchi holatlar belgilangan. Ammo yengillashtiruvchi holatning aniq chegarasi yo‘q. Bu ko‘proq sudyaning xohishiga ko‘ra belgilanadi. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtisodiyot
|
|
30.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekiston Afg‘onistonda - Hayraton va Mozori sharif o‘rtasida temir yo‘l qurishga kirishmoqda. Mamlakat rahbari 20 noyabr kuni shu to‘g‘rida qaror imzolagan. Afg‘oniston temir yo‘l infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aktsiyadorlik kompaniyasi esa loyiha ijrochisi sifatida qurilishni amalga oshiradi.Loyiha uchun 129 mln. dollar sarflanishi kutilmoqda. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
30.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Iordaniyadagi Islomiy strategik tadqiqotlar qirollik markazi hamda AQShning Georgetown universiteti dunyodagi eng nufuzli 500 musulmon ro‘yxatini tayyorladi, deb xabar beradi Ozodlik radiosi. Ro‘yxatga O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hamda 1990 yillar boshida O'rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasiga raislik qilgan andijonlik taniqli ulamo, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomini ham ko‘rish mumkin. |
|
davomi...
|
|
|
Hududlar
|
|
30.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Navoiy viloyatida VICh infektsiyasiga chalingan bemorlar soni so‘nggi besh yilda bir necha marta oshgan. Bu haqda Regnum agentligi Navoiy viloyati OITSga qarshi kurash markazi bosh shifokori K.Sharipovaga tayanib xabar beradi. Kasallik asosan Navoiy, Zarafshon, Karmana, Uchquduq, Navbahor, Qiziltepa, Xatirchi tumanlarida 25 - 40 yoshli fuqarolar orasida qayd etilgan. Shu munosabat bilan xorijga borib kelayotganlar hamda migrantlar ustidan nazorat kuchaytirilgan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
30.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo yagona energotizimidan chiqishi ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi shu munosabat bilan bayonot tarqatdi. Mazkur bayonotda Tojikiston yagona energotizimning ishlashiga xalaqit bergani, kelishuvlarni muntazam ravishda buzib kelgani ta'kidlanadi va asosiy aybdor sifatida ko‘rsatiladi. 2009 yilning 9 noyabrida Tojikistonning Nurek GESida avariya yuz bergandi. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtibos
|
|
30.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Bir qator ommaviy axborot vositalarining elektron pochtasiga O'zbekiston islomiy harakati rahbari Tohir Yo‘ldosh murojaati yozilgan audiofayl kelib tushgan, deb xabar beradi BBC radiosi. Unda Qurbon hayiti mavzusidagi ma'ruzasi o‘rin olgan. Murojaat hijriy 1430 yil zulhijja oyining 10-kuni, ya'ni milodiy 2009 yilning 27 noyabrini zikr qilish bilan boshlanadi. Tohir Yo‘ldoshga tegishli ekani aytilayotgan murojaatda Qurbon bayramining ahamiyati xususida so‘z boradi. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtibos
|
|
27.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Bugun 27 noyabr kuni musulmon olamining ko‘plab davlatlarida, jumladan, O'zbekistonda muborak Qurbon hayiti - Iyd al-Adha bayram qilinmoqda. Fazilatli ayyom bilan barcha o‘quvchilarni samimiy qutlaymiz. Mana shu fayzli kunlarda O'zbekiston xalqiga sihat-salomatlik, baxt-saodat, yuksalish va farovonlik, tugunmas baraka tilab qolamiz. Qurbon hayiti hijriy taqvim bo‘yicha zulhijja oyining o‘ninchi kunidan boshlab uch kun davomida tantana qilinadi. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
26.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 24-25 va 27-28 noyabr kunlari AQShning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) parranda grippiga qarshi favqulodda chora-tadbirlarga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazadi. Seminarlar O'zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. O'quv yig‘inlari davomida parranda grippiga qarshi kurashda qanday faoliyat yuritish o‘rgatiladi. AQSh elchixonasi tarqatgan xabarga ko‘ra... |
|
davomi...
|
|
|
Iqtibos
|
|
26.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning «ÐÁÊ» telekanali tomonidan tarqatilgan xabarga o‘z e'tirozini bildirdi. 2009 yil 23 noyabr mazkur telekanal O‘zbekiston tushuntirishlarsiz Qozog‘iston bilan chegaralarni yopgani xususida telesyujet bergan edi. Tashqi siyosat mahkamasi mazkur xabarni asossiz va ikki o‘rtadagi munosabatni keskinlashtirishga urinish sifatida baholarkan, Rossiya kanalining bu kabi provokatsion harakati hayron qoldirmaganini ta'kidlaydi. |
|
davomi...
|
|
|
Hududlar
|
|
25.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 26 noyabr kuni Samarqand viloyati Oqtosh harbiy bazasida NATO homiyligidagi 1100 tonna melanj-qorishmani xavfsiz yo‘q qilishga qaratilgan loyiha ishga tushadi. Ushbu tadbirda O'zbekiston Mudofaa vaziri Qobul Berdiev va NATO Bosh kotibining Xalq diplomatiyasi bo‘yicha yordamchisi Jan-Fransua Byuro ishtirok etadi. Sovet davrida reaktiv yoqilg‘i oksidlovchisi sifatida ishlatilgan bunday o‘ta zaharli modda yomon sharoitda saqlanayotgandi. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
24.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. BMT Bosh Assambleyasining gumanitar va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida irqchilikning zamonaviy ko‘ranishlariga qarshi kurash, natsizmni madh etishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida rezolyutsiya loyihasi ma'qullandi. Rossiya tomonidan taklif etilgan rezolyutsiyaga Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa davlatlar qatori O'zbekiston hammualliflik qilgan. Yevropa Ittifoqi davlatlari rezolyutsiyaga ovoz bermagan. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtisodiyot
|
|
24.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekiston monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi mamlakatdagi veb-saytlardan biriga joylashtirilgan reklama videorolikni oldirib tashladi. Qo‘mitaga ko‘ra, «UCell» savdo markasi bilan xizmat ko‘rsatuvchi «Coscom» kompaniyasi xizmati reklama qilingan rolikda «Beeline» savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatuvchi «Unitel» kompaniyasi hajv qilingan. Davlat qo‘mitasi buni halol raqobat qoidasi buzilishi deb topgan. |
|
davomi...
|
|
| | << < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >>
| | Natijalar 109 - 126 1211 | |
| |
|
 |
|
Raqam |
|
O‘zbekistonda ayni paytda 29 ta tijorat banki va uning 800 ta filiali, 2200 ta minibank, 124 ta kredit tashkiloti, 189 ta axborot-maslahat markazi, 269 ta konsalting markazi, 497 ta auditorlik firmasi, 149 ta baholash tashkiloti, tovar xomashyo birjasining 220 ta savdo maydoni, 1377 ta brokerlik idorasi ishlab turibdi. O‘zbekiston monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi ma'lumoti |
|
|