|
Yangiliklarga obuna bo'lish |
|
|
|
Nuqtai nazar |
|
"Myanma, Xitoy, Kuba, Misr, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tunis, Turkmanistan, O‘zbekiston va Vetnamda internet orqali tarqatilayotgan yangiliklar senzura qilinadi, muntazam ravishda kuzatib boriladi, bu esa foydalanuvchilarga noqulayliklar tug‘diradi". "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining internet dushmanlari to‘g‘risidagi hisobotidan |
|
|
Eng ko'p o'qilgan maqolalar |
|
|
|
Yangiliklarni eksport qilish |
|
|
|
 |
|
Turfa hodisalar
|
|
19.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Navoiy shahridagi savdo-ishlab chiqarish markazi rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bo‘yicha (hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) jinoiy ish ochilgan. Regnum agentligi xabariga ko‘ra, soliq xizmatiga mazkur savdo markazi savdodan tushayotgan naqd pulni to‘la topshirmasdan, bir qismini inkassatsiyadan olib qolayotgani to‘g‘risida axborot kelib tushgan va nozirlar savdo markaziga tekshiruv o‘tkazish uchun kelgan. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtisodiyot
|
|
19.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 2009 yilda GM-Uzbekistan avtomobillarining Rossiyaga eksporti 3 baravarga - 25,47 mingga qadar kamaygan. Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, jahon moliyaviy inqirozi sharoitida shuningdek Yaponiya, (3,2 foiz, 128,64 ming dona), Janubiy Koreya (2,2 foiz, 81,52 ming), Germaniya (3,6 foiz, 35,92 ming), Angliya (4 foiz, 34,88 ming)dan kelayotgan mashinalar savdosi ham orqaga ketgan. |
|
davomi...
|
|
|
Hududlar
|
|
19.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 2008-2009 o‘quv yilida AQShda saboq olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 28 foizga o‘sdi va 688 nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2007-2008 o‘quv yilida 539 nafar bo‘lgan. Mazkur raqamlar Xalqaro ta'lim institutining 2009 yildagi "Ochiq eshiklar" hisobotida keltirilgan. Bunday yirik o‘sishga O'zbekistondagi Ta'lim maslahat markazi faoliyati, shuningdek, kollej va universitetlarning talabalarni jalb etish borasidagi harakati sabab bo‘lgan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
18.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekiston Davlat mulk qo‘mitasi raisi Dilshod Musaev respublika hukumatining ijroiya apparati boshqaruvchisi etib tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bu borada farmon imzolagan. Hukumat ijroiya apparati boshqaruvchisi vazifasi Sunnatilla Bekenov iqtisod vaziri bo‘lganidan keyin 2009 yilning iyulidan buyon bo‘sh turgandi. Dilshod Musaev 2006 yilning aprelidan Davlat mulk qo‘mitasi raisi vazifasini bajarib kelgan. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtibos
|
|
18.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Toshkentning Amir Temur xiyobonidagi bir asrdan oshiq tarixga ega bo‘lgan chinorlar kesib tashlandi. Daraxtlarni kesish 11 noyabr kuni boshlangan va bir haftaga yaqin davom etgan. Xabarlarga ko‘ra, bir hafta davomida 200dan ziyod daraxt kesilib, noma'lum maskanga olib ketilgan. Farg‘ona.ru axborot agentligi daraxtlar "davlat rahbarining shaxsiy topshirig‘iga binoan" kesilgan degan taxminni ilgari surgan. Mutaxassislarga ko‘ra... |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
18.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Qishki mavsumda Forish dovonidan o‘tuvchi Jizzax -Garasha qishlog‘i yo‘nalishidagi avtobus qatnovi to‘xtatiladi. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Jizzax bo‘yicha idoralari ana shunday qarorga kelgan. Qishki mavsum yaqinlashishi bilan tog‘li hududlarda harakat xavfsizligi jiddiy muammoga aylanadi. Bir tomondan, harakat xavfsizlikni ta'minlash kerak. |
|
davomi...
|
|
|
Inson huquqlari
|
|
18.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Joriy yilning 9 noyabrida ikki nafar o‘zbek mehnat muhojiri - Jasurbek Vaisov va Jasurbek Vapaev Rossiyadan Xorazmga qaytayotganda «Beynov - Qo‘ng‘irot - Urganch» yo‘lida avtohalokat natijasida vafot etgan. "Najot" inson huquqlari guruhi xabariga ko‘ra, 1978 yilda tug‘ilgan, Xiva tumanida yashab kelgan J. Vaisovning ikki nafar farzandi, 1968 yilda tug‘ilgan va ana shu tumanda yashagan J. Vapaevning uch nafar farzandi yetim qolgan. |
|
davomi...
|
|
|
Hududlar
|
|
18.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 15 noyabrdan O'zbekistonning Qozog‘iston bilan chegara punktlari yopildi. ÑA-news agentligi xabariga ko‘ra, davlat chegaralarining yopilishi Qozog‘istonda cho‘chqa grippi holatlari qayd etilgani bilan bog‘liq. Ma'lum bo‘lishicha, O'zbekistondagi Qozog‘iston fuqarolari to‘siqsiz o‘z davlatiga chiqib ketishi mumkin. Qozog‘istondan kelayotgan o‘zbek fuqarolari ham mamlakat ichiga qo‘yiladi. Ammo ularning Qozog‘istonga qaytib chiqishi mumkin emas. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtisodiyot
|
|
17.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonda joriy yilning 1 dekabridan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori 12 foizga oshiriladi. Bu borada mamlakat prezidenti 16 noyabr kuni farmon imzolagan. Mazkur hujjatga ko‘ra, mamlakatda eng kam oylik ish haqi oyiga 37 680 so‘mga yetdi. Joriy yilning 1 avgustidan eng kam oylik ish haqi 33 645 so‘mni tashkil etar edi. Yangi farmonga ko‘ra, yoshga doir pensiyalar - oyiga 74 660 so‘m... |
|
davomi...
|
|
|
Kriminal
|
|
16.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekistonda bank xodimlari va rahbarlari tomonidan jinoyat sodir etish holatlari ko‘paygan. Bosh prokuraturaga ko‘ra, joriy yilning sentyabriga qadar bank rahbarlari va xodimlariga nisbatan poraxo‘rlik, hujjatlarni soxtalashtirish, o‘z mansabini suiiste'mol qilish kabi holatlar bilan 194ta jinoiy ish ochilgan. Qonunbuzar bankirlar o‘zlashtirib yuborgan zarar miqdori 2,7 milliard so‘mdan oshadi. "Ravnaqbank" xususiy banki boshqaruvi raisi D.Mahmudov qalbaki hujjatlar tayyorlab... |
|
davomi...
|
|
|
Iqtibos
|
|
16.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Sovet tuzumi tugagandan so‘ng ko‘pchilik o‘zbek xalqiga ro‘shnolik bermagan deb Moskvadan kelgan «bolta»lar va ularga «sop» bo‘lgan - o‘zimizdan chiqqanlarni aybladi. Mustaqil bo‘lib, «manqurtlikni» qoralab, buyuk kelajak sari ilg‘orlab ketayotgan hozirgi kunlarimizda ham, millati va vataniga «boltalik» va «soplik» qilayotgan odamlar hali-hanuz bor. Badiiy so‘z mahoratini katta yozuvchilarga havola etib, gapning po‘stkallasini aytib qo‘ya qolay. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtisodiyot
|
|
16.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida mobil telefon ishlab chiqaruvchi yangi korxona ochilishi mumkin. Bu borada Toshkentda Koreyaning "I-Station" kompaniyasi prezidenti Endi Pak va "O‘zeltexsanoat" uyushmasi rahbariyati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan. O‘zbekiston "O‘zeltexsanoat" uyushmasi tarkibidagi mavjud korxona bazasida uyali telefon ishlab chiqaruvchi zavod ochish loyihasini taklif qilgan. Tomonlar bu borada yakuniy to‘xtamga kelmagan... |
|
davomi...
|
|
| | << < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >>
| | Natijalar 127 - 144 1211 | |
| |
|
 |
|
Raqam |
|
O‘zbekistonda 2008 yili Buxoro bug‘ulari soni 379 ta yetdi. 1984 yili ushbu jonivorning sanog‘i 30dan oshmasdi. Yaqin orada Buxoro bug‘usi Qizil kitobdan chiqarilishi mumkin. Qoraqalpog‘istondagi Baday-to‘qay qo‘riqxonasi ma'lumoti |
|
|