|
Siyosat
|
|
10.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonda 27 dekabr kuni o‘tadigan Oliy Majlis va mahalliy kengashlar saylovini tashkil etishga Moliya vazirligi 17 milliard so‘m (8 million 542 ming AQSh dollari) ajratadi, deb xabar beradi «Veritas» yosh huquq faollari harakati. Mazkur mablag‘ targ‘ibot materiallari chop etish, ommaviy axborot vositalari orqali chiqish, uchrashuvlar o‘tkazish uchun sarflanadi. Har bir ro‘yxatga olingan nomzodga saylov kampaniyasi uchun 2,5 million so‘m (1256 AQSh dollari) ajratiladi. |
|
davomi...
|
|
|
Inson huquqlari
|
|
10.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining kuzatuvchilar guruhi 5-6 noyabr kunlari Andijondagi mashhur UYa 64/T-1 qamoqxonasiga borib, mahbuslarni saqlash sharoiti bilan tanishdi. Farg‘ona.ru axborot agentligiga ko‘ra, kuzatuvchilar guruhi Hindiston, Kanada, Polsha va Rossiya vakillari bo‘lgan. Xalqaro qo‘mita sentyabr oyidan buyon O'zbekistonning bir necha qamoqxonalari, jumladan, "Jasliq" nomi bilan tanilgan jazoni ijro etish muassasasini ham borib ko‘rgan. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
09.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistondagi oliy harbiy ta'lim muassasasi va Serjantlarni tayyorlash maktabida o‘qib, besh yil davomida davlatga ishlab bermasdan xizmatdan ketgan harbiy xizmatchilar sarflangan mablag‘ni to‘lab beradi. Bu to‘g‘ridagi nizom 2009 yil 6 noyabrdan kuchga kirdi. Harbiy xizmatchi shartnoma talablarini bajarmaganligi sababli bo‘shatilgan, sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilgan holatlarida moddiy javobgar bo‘ladi. |
|
davomi...
|
|
|
Hududlar
|
|
09.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. BMTga a'zo yigirmadan oshiq davlat TransYevroosiyo tezkor axborot magistralini tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Loyiha mualliflari safida O'zbekiston ham bor. BMT yangiliklar markazi xabariga ko‘ra, mazkur magistral mintaqa davlatlarining Internetga kirish imkoniyatini oshirishi mumkin. TransYevroosiyo axborot magistrali tashkil etish taklifi BMT Bosh Assambleyasiga rezolyutsiya qabul qilish uchun Ozarbayjon tomonidan taqdim etilgan. |
|
davomi...
|
|
|
Kriminal
|
|
09.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudi hukmi bilan fuqarolik ishlar bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi sudyasi Haqnazar Islomovni 11,2 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Region.uzga ko‘ra, H.Islomov Mehribonlik uyining sobiq rahbari Xadicha Karimovadan 5000 AQSh dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga olingan. Sudda H.Islomov aybiga iqror bo‘lmagan. Sud hukmiga ko‘ra esa, uning jinoyati inkor etib bo‘lmas dalillar bilan isbotlangan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
09.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 7 noyabr kuni o‘zbekistonlik tadbirkor va muxolifatdagi "Serquyosh O'zbekiston" koalitsiyasi rahbari Sanjar Umarov ozodlikka chiqdi, deb xabar beradi Farg‘ona.Ru agentligi. 2005 yildan buyon qamoqda bo‘lgan S.Umarov qanday shart evaziga ozodlikga chiqarilgani va u ayni paytda qaerdaligi noma'lum. U 2005 yilning 22 oktyabrida hibsga olingan va jinoiy guruh tashkil etish, o‘g‘irlik, soxta tadbirkorlik, mansabini suiiste'mol qilish, soliqdan qochishda ayblangan. |
|
davomi...
|
|
|
Inson huquqlari
|
|
09.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Sirdaryo viloyati Paxtaobod qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Rashid Sandiev kollej direktori D. Karimovaga yetkazgan ma'naviy zarari uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati sudining qarori bilan bir million so‘m jarimaga tortildi. "Ezgulik" jamiyati xabariga ko‘ra, aslida u bir necha yildan beri kollej ma'muriyati talabalardan metallom yig‘ish evaziga mo‘may pul to‘plagani haqida huquq idoralariga shikoyat yozgandi. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
07.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 5 noyabr kuni 14.30 da Samarqand - Toshkent yo‘lining Oq oltin tumani hududida "Neksiya" avtomobili GAZ-53 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Avtohalokat oqibatida jurnalist va huquq himoyachisi, ayni paytda Qiziltepadagi 64/47-jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan Dilmurod Sayyidning turmush o‘rtog‘i Barno Jumanova va qizi Ruxshona ham vafot etgan. "Ezgulik" jamiyatiga ko‘ra, avtohalokat 6 kishi hayotiga zomin bo`lgan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
06.11.2009 y. |
NewsUz.Com. Shveytsariya Andijon voqealaridan keyin O'zbekiston hukumatiga nisbatan joriy etgan sanktsiyalarini bekor qildi. Ozodlik radiosining Swissinfo.ch saytiga tayanib xabar berishicha, bu haqdagi qaror 4 noyabr kuni Shveytsariya konfederatsiyasi parlamenti tomonidan ma'qullangan. Yevropa Ittifoqi belgilagan jazo choralari bilan birga 2006 yili amalga kiritilgan mazkur sanktsiya O'zbekiston hukumatiga qurol-yarog‘ sotishni to‘xtatishni nazarda tutgan. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
05.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Birlashgan Arab Amirliklaridagi Al-Ayn universiteti olimlari dunyoda ilk bor arab tilida so‘zlovchi robot yaratdilar, deb xabar beradi AFP. Ushbu robot mashhur olim va tabib Abu Ali ibn Sino nomi bilan ataldi. Robotni yaratish uchun 200 ming AQSh dollari sarflangan. Ixtirochilarga ko‘ra, ushbu robot yirik savdo markazlarida ma'lumot xizmatini amalga oshiradi, xaridorlarga tovarlar va xizmatlar to‘g‘risidagi axborot beradi, Internetga ulana oladi. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
05.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekistonda kasbiy majburiyatini bajarmaslik, tibbiy qoidalarni buzganlik sababli VICh infeksiyasi yoki OITSni yuqtirgan shaxslarga jinoiy javobgarlik belgilanadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3 noyabr kuni o‘tgan majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartish kasallikning ijtimoiy xavfi yuqori ekani bilan izohlangan. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
04.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonda byudjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion dasturlarda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning maoshlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror kuchga kirdi. Ushbu qaror mamlakatda byudjet tizimi dasturlarida faoliyat yurituvchi ilm kishilarining lavozim bo‘yicha oylik ish haqini oshirishni ko‘zda tutadi. Bunga ko‘ra, institut direktori (professor) 520 038 so‘m (taxminan 365 dollar) maosh oladi. |
|
davomi...
|
|