|
Iqtisodiyot
|
|
02.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekiston dehqonlari paxta tayyorlash bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajardi, deb xabar beradi rasmiy agentlik. Xabarga ko‘ra, bu yil mamlakat bo‘yicha 3 million 400 ming tonnalik paxta yetishtirilgan. Bu mavsumda ham paxta rejasini bajarish osonlikcha bo‘lgani yo‘q. Buning uchun mamlakatdagi minglab dehqonlar sovuqni sovuq, issiqni issiq demasdan mehnat qildi. Paxta terimiga esa o‘qituvchiyu shifokor, talabayu o‘quvchilar jalb etildi. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
30.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Poytaxt Toshkentda axloqsizlik, zo‘ravonlik va jangari harakatlarni targ‘ib etuvchi disklar savdosi kuchaygan. Shu munosabat bilan Toshkent hokimiyati huzurida maxsus ishchi guruhi tuzildi. Qalbaki audio-video mahsulotlariga qarshi kurashuvchi guruh bot-bot reydlar o‘tkazmoqda. So‘nggi paytlarda shahardagi savdo do‘konlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida noqonuniy audie-video mahsulotlariga duch kelish mumkin. |
|
davomi...
|
|
|
Inson huquqlari
|
|
30.10.2009 y. |
NewsUz.Com. Qozog‘istonga ish izlab borib, yo‘qolib qolayotgan xorazmliklar soni oshib bormoqda, deb xabar beradi shu viloyatda faoliyat yurituvchi «Najot» huquq himoyachilari guruhi. Tahlillarga ko‘ra, o‘zbek mehnat muhojirlarining yo‘qolishiga mehnat haqini to‘lashni istamagan qozog‘istonlik ish beruvchilarning jinoiy harakatlari ham sabab bo‘lmoqda. Xiva shahri Mevaston mahallasida yashagan, 1973 yilda tug‘ilgan Odilbek Karimovni ota-onasi o‘n to‘rt yildan beri qidirmoqda. |
|
davomi...
|
|
|
Hududlar
|
|
26.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O’zbekiston bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 268-conli qarori kuchga kirdi. Mazkur qarorga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxslar 2000 AQSh dollariga bo‘lgan mablag‘ni Markaziy bank yoki bojxona idorasidan ruxsat olmasdan xorijga olib chiqib ketishi mumkin.Bunga qadar amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, ruxsatsiz olib chiqish mumkin bo‘lgan mablag‘ miqdori 1500 AQSh dollari edi. |
|
davomi...
|
|
|
To`rtinchi hokimiyat
|
|
26.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Ro‘yxatdan o‘tmagan «Minbar-Tribuna» gazetasi muassisi – yozuvchi va advokat Isfandiyor Matkarimov Toshkent shahri Mirobod tumani fuqarolik ishlari sudiga O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi ustidan shikoyat bilan murojaat qildi. Voice of Freedom nashriga ko‘ra, arizachilar Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Bobur Alimov hamda agentlikning Toshkent shahri bo‘yicha rahbari Akmal Akramovdan 10 mln. so‘mlik moddiy va 50 mln. so‘mlik ma’naviy zararni undirishni so‘ragan. |
|
davomi...
|
|
|
Kriminal
|
|
24.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Toshkentlik Timur ismli shaxs Moskvada inson a'zolarini sotishda gumon qilinib qo‘lga olingan. ÑA-news agentligining rus matbuotiga tayanib yozishicha, 29 yashar ushbu shaxs Internet orqali inson a'zolarini sotishi haqida e'lon bergan. Rossiya huquq idoralari jinoyatni aniqlash uchun go‘yo mijoz bo‘lib yozishmalar olib borgan. Bir necha oylik yozishmalardan keyin Temur bilan Moskvada ko‘rishishga kelishilgan. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtisodiyot
|
|
24.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonning xorijdan neft sotib olish ko‘rsatkichi yana oshadi. Shu sababli yaqin kelajakda neft eksportini yo‘lga qo‘yish amri mahol. Regnum agentligiga ko`ra, mazkur xulosa bir guruh mutaxassislar tomonidan O'zbekistonning energiya bozoriga bag‘ishlangan hisobotda keltirilgan. 2030 yilga qadar mamlakatda neftni qayta ishlash miqdori ko‘payadi. Ammo shunga muqobil ravishda ichki iste'mol ham keskin o‘sadi. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
24.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga nisbatan joriy etgan qurol embargosini bekor qilishga qaror qilgan. Ozodlik radiosi xabariga ko‘ra, 21 oktyabr kuni Bryusselda yig‘ilgan Yevropa Ittifoqiga a'zo 27 davlat diplomatlari O'zbekistonga joriy etilgan taqiqni uzaytirmaslikka kelishib olganlar. Ushbu sanktsiyani bekor qilish haqidagi yakuniy qaror kelasi hafta Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘inida tasdiqlanishi kutilmoqda. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
22.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O'tgan hafta O'zbekistonda advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risidagi tartib kuchga kirdi. Adliya vaziri Ravshan Muhiddinov imzolagan 2012-sonli buyruqqa binoan endilikda mamlakatdagi advokatlar har uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart. Ushbu muddat ichida kasbiy malakasini oshirmagan advokatlardan litsenziya olib qo‘yiladi. |
|
davomi...
|
|
|
Tahlil
|
|
22.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. "Bolangizni kollejga qo‘yishda o‘ylabroq ish tuting, birodar. Yaxshigina ish joy egasi bo‘ladiganiga bering". Bu xildagi gap-so‘zlar qulog‘imizga chalinib turadi. Xo‘sh, aslida qaysi kollej yaxshiroq? Biz uchun ertaga faqat huquqshunosu shifokor, bankir yoyinki moliya mutaxassisi emas, yana ming-minglab temiryo‘lchi, chilangaru parmalovchi, maishiy xizmat, yo‘l qurilishi yoxud biznes bo‘yicha kasb-hunarga ega bo‘lgan kadrlar ham kerak. |
|
davomi...
|
|
|
To`rtinchi hokimiyat
|
|
22.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining birinchi kanali direktori, xalq shoiri Xurshid Davron efirga berilgan telesyujet sababli ishdan olindi. Voice of Freedom xabariga ko‘ra, telekanalning axborot dasturi orqali namoyish etilgan reportajlardan biri davlat rahbariga ma'qul kelmagan. Ma'lum bo‘lishicha, televideniening mafkuraviy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari Muhammadjon Quronov ham ishdan ketish to‘g‘risida ariza bergan. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
22.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 20 oktyabr kuni Praga shahar sudi O‘zbekiston fuqarosi Shahzod Maqsudovni 13,5 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Ozodlik radiosi xabariga ko‘ra, Belorus fuqarosini o‘ldirishda ayblangan toshkentlik sudlanuvchi aybini tan olmagan. Shu sababli ish endilikda apellyatsiya sudida ko‘riladi. Xabarga ko‘ra, sud jarayoni uch oy davom etgan. Bu muddat ichida sudlanuvchining yaqinlari mahkamada ishtirok etmagan. |
|
davomi...
|
|