|
Yangiliklarga obuna bo'lish |
|
|
|
Nuqtai nazar |
|
"Ilmiy muassasalarimiz va oliy o‘quv yurtlarida jonli, qaynoq ilmiy jarayonni yuzaga keltirish muhim. Hozir esa, afsuski, goho o‘ta rasmiyatchilik bilan yondashuv tamoyili yetakchilik qilmoqda. Yuzlab ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi, tezis va ma'ruza matnlari chop etiladi. Anjumanlarda ishtirokchilar ma'ruza qilishga arang ulguradi. Xulosalar ham oldindan tayyorlab qo‘yiladi, xo‘jako‘rsinga o‘qib eshittiriladi". Nusratulla Jumaxo‘jayev, filologiya fanlari doktori, professor |
|
|
Eng ko'p o'qilgan maqolalar |
|
|
|
Yangiliklarni eksport qilish |
|
|
|
 |
|
To`rtinchi hokimiyat
|
|
24.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 21 yanvar kuni taniqli futbol sharhlovchisi va diniy-ma'rifiy radiodasturlari bilan tilga tushgan jurnalist Xayrulla Hamidov hibsga olindi. BBC xabariga ko‘ra, X.Hamidov O'zbekiston Jinoyat kodeksining 216-moddasi bilan (noqonuniy diniy tashkilot tuzish va unda ishtirok etish) ayblanmoqda. Toshkent viloyati IIBsida saqlanayotgan X.Hamidov va ushbu ishga aloqador uch kishini tergov davrida ehtiyot chorasi sifatida ushlab turish uchun viloyat sudi sanktsiya bergan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
22.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 22 yanvar kuni Toshkentda yangi saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, oxirgi paytda Qonunchilik palatasi Spikeri vazifasini bajarib kelgan Dilorom Toshmuhamedova yangi muddatga palata rahbari etib saylangan. U ushbu vazifaga 2008 yilning 23 yanvarida sobiq Spiker Erkin Xalilov ishdan ketganidan keyin saylangandi. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtisodiyot
|
|
22.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekiston Markaziy banki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmga qarshi kurash to‘g‘ridagi qonunchilikni buzgan banklar uchun jazo choralarini tasdiqladi. Gazeta.uz xabariga ko‘ra, Markaziy bank bunday holat aniqlangan taqdirda ogohlantirish xati beradi yoki bank ustav kapitalining 1 foizi miqdorida jarima oladi. Qonunchilik bo‘yicha bank ustav kapitalining eng kam miqdori 5 mln. yevro. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtibos
|
|
22.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonning Jenevada joylashgan BMT qarorgohidagi doimiy vakili Gulnora Karimova Ispaniya Qirolligiga elchi qilib tayinlangan. 18 yanvar kuni u Ispaniya Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorlig‘i topshirgan. Bu haqda ispan tilida chop etiluvchi El Pais gazetasi xabar beradi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qizi - G.Karimova 2008 yil sentyabrdan buyon mamlakatning Jenevadagi BMT va boshqa tashkilotlardagi vakili bo‘lgan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
21.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekistonning AQShdagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Abdulaziz Komilov mamlakat Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, bu to‘g‘ridagi farmon mamlakat Prezidenti tomonidan 20 yanvar kuni imzolangan. Abdulaziz Komilov 2003 yilning oktyabridan hozirga qadar Amerikadagi o‘zbek diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelgan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
20.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 19 yanvar kuni O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov mamlakatning besh ma'muriy hududi rahbarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarga imzo chekdi. Bunga ko‘ra, Abduqahhor To‘xtaev Toshkent shahri, Ollabergan Ollaberganov Xorazm viloyati, Hamidjon Ne'matov Farg‘ona viloyati, Bahodir Yusupov Namangan viloyati, Erkin Turdimov Navoiy viloyati hokimligiga navbatdagi besh yil muddatga tayinlandi. |
|
davomi...
|
|
|
Hududlar
|
|
19.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. Toshkent-O‘sh xalqaro magistralining Qamchiq dovoni orqali o‘tgan qismida 16 yanvardan boshlab harakat vaqtincha to‘xtatilgan. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur hududda qor ko‘chishi xavfi mavjud bo‘lgani sababli ana shunday qaror qabul qilingan. Qamchiq dovoni orqali o‘tgan mazkur yo‘l Farg‘ona vodiysini Toshkent va boshqa viloyatlar bilan bog‘laydi. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
19.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekiston hukumati Respublika ob-havo markazi (O'zgidromet) rahbari, geografiya fanlari doktori, professor Viktor Chubni Jahon meteorologiya tashkiloti prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surdi. O'zgidromet matbuot markazi tarqatgan xabarga ko‘ra, Jahon meteorologiya tashkiloti 2011 yil mayda Jenevada o‘tkazadigan XVI Kongressida tashkilot rahbarini saylash ko‘zda tutilgan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
18.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 18 yanvar kuni Toshkentga Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov boshchiligidagi delegatsiya keldi. Delegatsiyada shuningdek, Rossiya Prezidentining MDH davlatlari bo‘yicha maxsus vakili Farid Muxametshin, Rossiya Prezidenti maslahatchisi Mixail Shvidkiy ham bor. Shu kuni mamlakat rahbari Islom Karimov Kreml delegatsiyasini qabul qilgan. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
18.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonda pirotexnika vositalari savdosi bilan shug‘ullanish uchun litsenziya tartibi joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasining 331-qarori bilan tasdiqlangan hukumatning 2010 yildagi qonunchilik rejasiga ko‘ra, bu to‘g‘ridagi qonun loyihasi fevral oyidagi Qonunchilik palatasiga taqdim qilinadi. Shuningdek, mamlakat hukumati rejasiga ko‘ra, pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi javobgarlikni qat'iylashtiruvchi qonun loyihasi tayyorlanadi. |
|
davomi...
|
|
|
Hududlar
|
|
18.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. Samarqanddagi «Sino» firmasi mutaxassislari tomonidan siljiydigan uy namunasi yaratildi, deb xabar beradi 12.uz sayti. Mazkur uy yashash uchun barcha qulayliklarga ega, shu bilan birga unda ishlash uchun ofis ham mavjud. «Mobil layf» (Harakatdagi hayot) deb atalgan uyni avtopritsep yordamida istagan joyga olib yurish mumkin. U ish faoliyati bir yerdan ikkinchi joyga ko‘chib yurish bilan bog‘liq kasb egalariga mo‘ljallangan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
16.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekiston Prezidenti 2010 yil 15 yanvarda to‘rt viloyat hokimini tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarga imzo chekdi. Bunga ko‘ra, O‘ktam Barnoev (Samarqand viloyati), Oybek Ashurmatov (Sirdaryo viloyati), Turobjon Jo‘raev (Surxondaryo viloyati) va Rustam Xolmatov (Toshkent viloyati) navbatdagi besh yillik muddat hokimlik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda rasmiy agentlik xabar beradi. |
|
davomi...
|
|
| | << < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >>
| | Natijalar 37 - 54 1211 | |
| |
|
 |
|
Raqam |
|
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon gazini Yevropaga sotishga qaratilgan «Nabukko» quvurining uzunligi 4,5 ming km bo‘lishi rejalashtirilgan. 7,9 mlrd. yevro qimmatiga ega bo‘lgan loyihaga ko‘ra, quvurlar qurilish 2014 yilda yakunlashini zarur. Reja bo‘yicha Markaziy Osiyodan ushbu quvur orqali yiliga 30 mlrd. kubometr gaz sotiladi. "Nabucco" konsorsiumi ma'lumoti |
|
|