|
Yangiliklarga obuna bo'lish |
|
|
|
Nuqtai nazar |
|
"Keyingi yillarda yoshlar ruhiyatida shunday bir illat paydo bo‘ldiki, bunga ota-onalar ham, jamiyat ham loqayd qaramoqda. Bu - sakrash falsafasidir. Ba'zi ota-onalar farzandlarini bir necha sinf osha "sakratib", maktabni muddatidan uch-to‘rt yil oldin bitirtirmoqchi bo‘ladi. Biroq hayotda "bir tomondan yutsa, boshqa tomondan yutqazish qonuniyati" ham bor. Bolaning ongida sakrab o‘tilgan sinflarni o‘zlashtirish zarur bo‘lgan bilim zaxirasi o‘rnida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Aslida chalamullalik sababi ham shunda". Nusratulla Jumaxo‘jayev, filologiya fanlari doktori, professor |
|
|
Eng ko'p o'qilgan maqolalar |
|
|
|
Yangiliklarni eksport qilish |
|
|
|
 |
|
Turfa hodisalar
|
|
11.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 7 yanvar kuni Toshkent aeroportida bojxona tekshiruvi chog‘ida Isroil fuqarosi Tamara Yakudaevaning yuki orasidan 12 dona 5.56 mm kalibrli patron va M-16 avtomatik vintovkasining bir dona magazini topilgan. 1988 yilda tug‘ilgan T.Yagudaeva charter reysda Tel-Aviv-Toshkent-Bangkok yo‘nalishida uchib kelayotgandi. Gumondor sifatida hibsga olingan T.Yagudaeva avval O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, Samarqandda yashagan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
11.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 10 yanvar kuni O'zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga takroriy ovoz berish o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiyasi tarqatgan xabarga ko‘ra, qayta saylovda 3,96 million kishi, ya'ni saylovchi sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarning 79,7%i ishtirok etgan. 39 ta saylov okrugida Oliy Majlis deputatligi uchun, 779 ta saylov okrugida mahalliy kengash deputatligi uchun ovoz berilgan.
|
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
08.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 6 yanvar kuni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Elyor G‘aniev ellik yoshga to‘lishi munosabati bilan «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi. Uzmetronom nashri xabariga ko‘ra, bu to‘g‘rida O‘zbekiston Prezidentining farmoni qabul qilingan. Ayni paytda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri sifatida ham ishlab kelayotgan E.G‘aniev 2005 yili bir muddat Tashqi ishlar vaziri bo‘lgan. |
|
|
Siyosat
|
|
08.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. Yanvar oyining ikkinchi yarmida ish boshlaydigan yangi tarkibdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasida qabul qilingan ayrim xalqaro shartnomalarning amal qilishini to‘xtatishi mumkin. Regnum agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati tomonidan shu to‘g‘rida qonun loyihasini tayyorlash rejasini tasdiqlangan. O‘zbekiston 2008 oktyabrda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a'zolikni to‘xtatgandi. |
|
davomi...
|
|
|
To`rtinchi hokimiyat
|
|
07.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekistondagi "Hurriyat" mustaqil gazetasining bosh muharriri Abdurasul Jumaqulov va uning o‘rinbosari Hosil Karimov 2009 yil 5 yanvar kuni lavozimidan bo‘shatildi. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi muassisligida chop etilidigan gazeta mamlakatdagi erkin nashr sifatida baholanadi. Ayni paytda Jurnalistlar uyushmasi raisining o‘rinbosari Zafar Saidov gazeta bosh muharriri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. |
|
davomi...
|
|
|
Kriminal
|
|
07.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar boshqarmasining bir necha xodimiga Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘g‘atildi, deb xabar beradi O'zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati. Mazkur tergov ishini Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi olib bormoqda. "Ezgulik"ka ko‘ra, ichki ishlar xodimlari bosqinchilikda ayblanib, hibsga olingan Rayhon Soatovani tergov-surishtiruv davrida zo‘rlagan. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
06.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonda biometrik pasport joriy etish 2010 yilning 1 yanvaridan 2011 yilning 1 yanvariga ko‘chirildi. Gazeta.uzga ko‘ra, mamlakat prezidenti pasportni amalga kiritish muddatini ortga surish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekkan. Avval xabar berganimizdek, dastlab 2010 yil davomida davlat idoralari xizmatchilari, xorijga chiqayotgan, chet eldagi jismoniy shaxslarga, shuningdek, yangi pasport olayotgan fuqarolarga biometrik pasport berish ko‘zda tutilgandi. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtisodiyot
|
|
06.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. GM-Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar bahosi 15 yanvardan yoki 1 fevraldan 12 foizga ko‘tarilishi mumkin. Uzmetronom xabariga ko‘ra, ayni paytda «O‘zavtosanoat» kompaniyasi ichki bozorda eng xaridorgir sanalgan avtomashinalarni oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Taxminlarga ko‘ra, eng bozorgir bo‘lib turgan «Matiz», «Nexia» va «Damas» markali mashinalar narxi ko‘tariladi. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtibos
|
|
05.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 2010 yilning 1 yanvaridan O'zbekiston Adliya vazirligining Lex.uz milliy qonunchilik bazasidan tekin foydalanish imkoniyati yaratildi. Bunga qadar qonunchilik va ijroiya idoralari qabul qilayotgan qonun, qaror va boshqa hujjatlardan to‘lov evaziga foydalanish mumkin edi. Adliya idorasining Lex.uz sayti ham pullik xizmat ko‘rsatgan. Bu esa aholiga qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari bilan tanishishda qiyinchiliklar tug‘dirgan.
|
|
davomi...
|
|
|
Hududlar
|
|
05.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 2010 yilning 1 yanvaridan Farg‘ona vodiysiga Tojikiston orqali boruvchi poezdlarda tijorat yukini olib o‘tish man etiladi. Uzmetronomga ko‘ra, 2009 yilning 28 dekabrida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bu to‘g‘ridagi qarorga imzo chekkan. Mazkur qarorni matbuot orqali chop etish ko‘zda tutilmagan. Tojikistonni orqali faqat strategik yuklar, jumladan, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan yuboriluvchi yonilg‘i-moy, benzin va dizel tashishga ruxsat beriladi.
|
|
davomi...
|
|
|
Kriminal
|
|
05.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 2009 yili Rossiyada 14 nafar o‘zbek millatchi guruhlar qo‘lida halok bo‘lgan, yana 12 nafari jarohatlangan. Inson huquqlari bo‘yicha Moskva byurosining www.antirasizm.ru saytiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida Rossiya bo‘yicha muhojirlarga 218 marta hujut uyushtirilgan va oqibatda 75 kishi halok bo‘lgan, 284 kishi jabrlangan. 2008 yilda esa millatchi guruhlar xuruji oqibatida 120 kishi halok bo‘lgan va 360 kishi turli darajada jarohatlangandi.
|
|
davomi...
|
|
|
Iqtibos
|
|
04.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonlik taniqli fotograf , tuhmat va haqorat jinoyatini sodir etishda ayblanayotgan Umida Ahmedovaga qidiruv e'lon qilingan. Fergana.Ru agentligiga ko‘ra, U.Ahmedova qidiruvdan bexabar ekani, ichki ishlar idorasi vakillari hatto unga qo‘ng‘iroq ham qilmaganini aytgan. Ma'lum bo‘lishicha, U.Ahmedova jinoiy ishda garchi ayblanuvchi sifatida qatnashayotgan bo‘lsa-da, tergovchi buni yashirgan va fotografni go‘yoki guvoh sifatida so‘roq qilgan.
|
|
davomi...
|
|
| | << < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >>
| | Natijalar 55 - 72 1211 | |
| |
|
 |
|
Raqam |
|
2008 yili O‘zbekistonda sigaret va papiros ishlab chiqarish 19,8 foizga o‘sdi va 10 mln. 461 ming donaga yetdi. Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti |
|
|