Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Hozirgi adabiyotdan ochig‘i ko‘nglim to‘lmaydi. Biz adabiyotni charchatdik. Ijodoklar turmush tashvishlaridan bo‘shamay qoldi. Chinakam professional shoir va yozuvchilar juda kam. Yozish borgan sari havaskorlarning ishiga aylanib ketyapti. Shaxsan o‘zim ko‘ngilga quvonch bag‘ishlaydigan o‘zbekcha kitob o‘qimaganimga ancha bo‘ldi. Yosh iste'dodlar bir-ikki mashqlarini e'lon qilgach, ko‘zdan g‘oyib bo‘lyapti. Ular turmush tashvishlariga o‘ralashib qolayotir".

Usmon Azim, O‘zbekiston xalq shoiri

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Voyaga yetmagan qizni nikohiga olgani uchun
Hududlar
25.12.2009 y.

 NewsUz.Com. Farg‘ona viloyatida balog‘atga yetmagan qizni nikohiga olgan yigitlarni javobgarlikka tortish holatlari qayd etilmoqda. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli D.Zokirov 14,5 yoshli B.Qo‘zievani, 21 yoshli A.Abdurazzoqov 15 yoshli Sh.Mo‘minovani nikohiga olgani - uylangani uchun javobgarlikka tortilgan. Har ikki fuqaro mamlakat Jinoyat kodeksining 128-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.

davomi...
 
Eng bozori chaqqon san’atkorlar
Turfa hodisalar
25.12.2009 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va Boney-M ishtirokida 31 dekabr kuni Toshkentdagi "Sayohat" mehmonxonasida o‘tadigan konsert chiptasi 1 million 50 ming so‘m. Shov-shuv.uz sayti xabariga ko‘ra, mazkur konsert uchun Yulduz Usmonovaga 15 ming yevro gonorar beriladi. O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozodbek Nazarbekov esa 31 dekabr kuni ikkita restoranda beradigan konserti uchun 3500 dollar haq oladi. Ayni paytda...

davomi...
 
Jizzaxda bankni o‘margan guruh qo‘lga olindi
Kriminal
24.12.2009 y.

 NewsUz.Com. Jizzax viloyatida mahalliy banklardan biridan 250 ming dollar miqdorida pul o‘g‘irlagan guruh qo‘lga olindi, deb xabar beradi 12.uz nashri. Ma'lum bo‘lishicha, Jizzax shahrida joylashgan bankni o‘marish operatsiyasini bank xodimlari ham ishtirok etgan. O‘g‘irlik 2009 yilning 6 noyabrida tungi soat 3larda sodir etilgan. Talonchilar qo‘riqchilarini elektroshok yordamida qurolsizlantirib, bank binosiga bostirib kirgan.

 

davomi...
 
Rossiya: mehnat muhojirlari uchun cheklov
Hududlar
24.12.2009 y.

 NewsUz.Com. Rossiyada 2010 yildan spirtli ichimlik va dori-darmon savdosida xorijiy ishchi kuchidan foydalanilish taqiqlanadi. BBCga ko‘ra,  mazkur taqiq Rossiyada mehnat muhojirlarining ish topishlarini yanada qiyinlashtirishi mumkin. Shu paytga qadar mazkur sohalarda 40 foizga yaqin xorijiy fuqaro ishlashiga ruxsat berilgan. Avvalroq Rossiya hukumati 2010 yilda mehnat muhojirlariga ajratilgan kvotani ikki barobarga qisqartirgan va ikki million nafar deb belgilagandi.

davomi...
 
Voyaga yetmaganni ishlatgan jarimaga tortilishi mumkin
Inson huquqlari
23.12.2009 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Ma'muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar beradi Trend agentligi. Bunga ko‘ra, mehnatni muhofaza qilish qonunchiligini buzib voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb etgan amaldorlarga  eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 dekabridan mamlakatda eng kam oylik ish haqi 37680 so‘m.

davomi...
 
Sergey Lavrov o‘z missiyasini uddalay oldimi?
Siyosat
23.12.2009 y.

 NewsUz.Com. 22 dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qabul qilgan. Rasmiy agentlik xabarida uchrashuv tafsilotlari qayd etilmagan. Izvestiya.ruga ko‘ra, I.Karimov mazkur safarni "o‘z vaqtida uyushtirilgan va uzoq kutilgan" tashrif deb baholagan. "O‘zbekiston - Rossiya uchun ochiq" degan I. Karimov. Shuningdek, u ikki tomonlama munosabatlarda depsinishlarni keltirib chiqargan masalalarni muhokama etish zaruratiga urg‘u bergan.

davomi...
 
Advokatlar palatasi: “musiqaga kim buyurtma beradi?”
Tahlil
22.12.2009 y.

 NewsUz.Com. 2010 yilda O'zbekiston Advokatlar palatasi binosini kapital ta'mirdan chiqarish uchun 820 million so‘m ajratiladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasi 2009 yil 9 dekabrda qaror qabul qilgan. Mazkur hujjatga ko‘ra, palatani ta'mirlash uchun mablag‘ sud va adliya idoralarini rivojlantirish jamg‘armasidan ajratiladi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu holat mustaqil advokatura institutining tobeligini yanada oshirishi mumkin.

davomi...
 
Odil Yoqubov olamdan o‘tdi
Turfa hodisalar
22.12.2009 y.

 NewsUz.Com. 21 dekabr kuni O'zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov 83 yoshida vafot etdi. Salomatligi keskin yomonlashgan adib bir necha marta shifoxonalarda yotib chiqqan. Uning vafoti munosabati bilan mamlakat prezident  va boshqa rasmiylar nomidan ta'ziyanoma e'lon qilingan. 1990-yillarda mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan Odil Yoqubov so‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida deyarli chiqish qilmay qo‘ygandi.

davomi...
 
Kartochka qabul qilmaganga jarima?
Iqtisodiyot
21.12.2009 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekistonda plastik kartochka orqali to‘lov qabul qilishni rad etganlik uchun birinchi marta 2,5 ming dollar, takroriy holatda 5 ming dollargacha jarima solinishi mumkin. Oliy Majlisi Senatining dekabr boshida o‘tgan yalpi majlisida Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishni mana shuni nazarda tutadi. 12.uz sayti xabariga ko‘ra, terminallarning me'yorida ishlamasligi uchun ham javobgarlik belgilangan. Soliq kodeksi 119-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra...

davomi...
 
Saylov haqida SMS
Siyosat
21.12.2009 y.

 NewsUz.Com. Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 27 dekabri kuni o‘tadigan parlament va mahalliy kengashlar saylovi xususida uyali aloqa kompaniyalari orqali SMS (Short Message Service) yuboradi. Mobil xabarnoma 24 va 26 dekabr kunlari butun O'zbekiston bo‘yicha yo‘llanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 16 mln. fuqaro mobil ogohlantirish olishi kutilmoqda. Mazkur sanoqqa saylov yoshiga yetmagan, ya'ni 18 yoshga yetmagan fuqarolar ham kiradi, albatta.

davomi...
 
Moskvaning ikkinchi urinishi
Siyosat
20.12.2009 y.

 NewsUz.Com. 21 dekabr kuni Toshkentga  Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan keladi. Axborot agentliklari Rossiya elchixonasiga tayanib xabar berishicha, u O'zbekiston tomonidan taklif etilgan. Tashrif davomida hamkorlikka oid masalalar, jumladan, Moskvada 2010 yil boshida o‘tadigan O'zbekiston-Rossiya sammitiga tayyorgarlik ko‘rib chiqiladi. Bu S.Lavrovning O'zbekistonga 2005 yil oktyabrdan keyingi ikkinchi safari.

davomi...
 
O’zbek mahbusi masalasida Shveytsariya ikki lagerga bo‘lindi
Inson huquqlari
18.12.2009 y.

 NewsUz.Com. Shveytsariya hukumatining Guantanamo qamoqxonasida saqlangan o‘zbek mahbusini qabul qilishga rozilik bergani mamlakatda turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi Shveytsariyada rus tilida chop etiluvchi "Nasha gazeta" nashri. Federal kengashi bir necha kun oldin o‘zbek mahbusini qabul qilish borasida AQSh bilan shartnoma imzolashgan hozirligini bildirgan. Ismi oshkor etilmayotgan o‘zbek mahbusi terrorchilikka mutlaqo aloqasi yo‘qliginini bildirgan.

davomi...
 
<<  1 2 3 4 5 6 7 8 9 10  >  >>

Natijalar 73 - 90 1211
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Bir kecha-kunduzda Toshkent shahri aholisiga yetkazib berilayotgan 2 million kubometr ichimlik suvining 25 foizi e'tiborsizlik tufayli isrof bo‘ladi.

"Suvsoz" tashkiloti ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar