|
Iqtisodiyot
|
|
14.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. «O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi va Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi o‘rtasida 2010 yilda o‘zbek gazini eksport qilish to‘g‘risida hujjat imzolandi. Gazeta.uz xabariga ko‘ra, ikki kompaniya o‘zbek gazini tranzit qilish va sotishning asosiy shartlarini kelishib olgan. «Gazprom» so‘nggi yillarda O‘zbekiston tabiiy gazni imtiyozli bahoda xarid qilgan, 2009 yilning 1 yanvaridan esa O‘zbekiston taklifiga ko‘ra Yevropa bozori narxida sotib olmoqda. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
13.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Bugun - 13 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan borgan. Rasmiy xabarga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari Turkmaniston Prezidenti Qurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama aloqalarga oid masalalarni muhokama etmoqda. Mazkur tashrif doirasida 14 dekabr kuni Islom Karimov Turkmaniston gazini Xitoy yetkazuvchi ulkan gaz quvurini ishga tushirish marosimida ishtirok etadi. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
11.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. "Moskva-Buxoro" yo‘nalishida uchib kelgan N.Farmonova Buxoro aeroportida ushlab qolindi. Bojxona qo‘mitasi tarqatgan xabarga ko‘ra, u nemis nashriyotlaridan birida chop etilgan "Poyte xvalu Iegova?", "Qo‘riqchi minorasi xudovand yaxovaning shohligini xabarlaydi", "Storojevaya bashnya vozveùaet tsarstvo iegovi", "Pochemu mojno doveryat biblii" kabi kitob, qo‘llanma va jurnallarni bojxona bayonnomasida qayd etmasdan yashirincha olib kirishga uringan. |
|
davomi...
|
|
|
Iqtibos
|
|
11.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Joriy yilning 11 oyi davomida O‘zbekistonda 9700dan oshiq yo‘l transport hodisasi yuz bergan va buning natijasida 2000dan ziyod kishi halok bo‘lgan, 10484 kishi jarohatlangan. Gazeta.uz xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan mamlakatda 10 dekabrdan boshlab yo‘l harakati xavfsizligi oyligi o‘tkazilmoqda. Yanvar-noyabr davomida ro‘y bergan avariyalarning 1717tasi bolalar ishtirokida ro‘y bergan. Oqibatda 261 nafar bola halok bo‘lgan va 1541 nafari jarohatlangan. |
|
davomi...
|
|
|
To`rtinchi hokimiyat
|
|
10.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi 8 dekabr kuni qamoqqa olingan ommaviy axborot vositalari xodimlari xususida ma'lumot tarqatdi. Qo‘mita ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 136 nafar muxbir, muharrir va fotojurnalist qamoqda. Bu o‘tgan yildan ko‘ra 11taga ko‘pdir. Qo‘mita ma'lumotida O‘zbekistonda ayni paytda yetti nafar jurnalist qamoqda ekanini aytiladi va ulardan Dilmurod Sayyid nomi qayd etiladi. |
|
davomi...
|
|
|
Turfa hodisalar
|
|
09.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 2009 yilning birinchi yarmida Rossiyada 29317ta xalqaro nikoh qayd etilgan. Rossiya adliya vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, rus ayoliga uylanib baynalmilal oila qurgan erkaklarning 2881tasi o‘zbekistonlik. Rus ayollari ko‘ngliga yo‘l topib ular bilan oila qurishda ukrainlar (7298), armanlar (4144) va tojiklar (3473) eng oldindi o‘rinda. O‘zbekistonlik erkaklar ularda ortda qolgan bo‘lsa-da, yevropaliklarni va qo‘shnilarni dog‘da qoldirgan |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
08.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Toshkentdagi "O'zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida 5 dekabr kuni O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Rasmiy agentlik xabariga ko‘ra, yig‘ilishda davlat rahbari Islom Karimov ishtirok etgan va ma'ruza qilgan. Mamlakatdagi har bir yilni ma'lum nom bilan atash an'anasi bor. Shunga muvofiq davlat rahbari 2010 yilni «Barkamol avlod yili» deb e'lon qilishni taklif qilgan. |
|
davomi...
|
|
|
Inson huquqlari
|
|
07.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Shaxs huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti faoli, farg‘onalik inson huquqlari himoyachisi G'anixon Mamatov yurak xurujiga uchragan va unga zudlikda tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak. Bu haqda Voice of Freedom nashri xabar beradi. Ayni paytda Farg‘ona shahar qamoqxonasida saqlanayotgan huquq himoyachisining o‘g‘li Jamoliddin Mamatxonov otasining ahvoli g‘oyat og‘irligi va unga yordam berish kerakligini aytgan. |
|
davomi...
|
|
|
Kriminal
|
|
07.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri jinoyat ishlari sudi axloqsizlik va shaxsning qadr-qimmatini toptash jinoyatini sodir etgan shaxsga 14 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Respublika huquq-tartibot idoralari vakilining ma'lum qilishicha, 2009 yilning mayida nomi oshkor etilmayotgan jinoyatchi o‘z nikohidagi ayolni majburlab yechintirib, Qo‘qon shahri ko‘chalarida olib yurgan va bu holatni o‘z uyali telefoniga tasvirgan tushirgan. |
|
davomi...
|
|
|
Siyosat
|
|
06.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Hamidulla Karomatov Yaponiyaga elchi etib tayinlandi. 5 dekabr kuni o‘tgan Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida ana shunday qaror qabul qilingan. Filologiya fanlari doktori Hamidulla Karomatov 2007 yilning 16 oktyabrida «O'zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasining Toshkentdan Parijga yo‘l olgan samolyotida to‘polon ko‘targani va styuardessaga haqoratli munosabatda bo‘lgani bilan tilga tushgan.
|
|
davomi...
|
|
|
|
|
Iqtibos
|
|
04.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Kelgusi yil Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev O'zbekistonga tashrif buyuradi. Tomonlar hozircha tashrif muddati borasida aniq kelishuvga erishmagan. Bu haqda O'zbekistonning Ozarbayjondagi faqulodda va muxtor elchisi Ismatulla Ergashev Trend.az agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilgan. Kelgusi yilda shu bilan birga savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha to‘qqizinchi hukumatlararo majlis ham uyushtirilishi kutilyapti. |
|
davomi...
|
|