Birinchi kredit transhi, 7 million AQSh dollarini (6,5 million evro) tashkil etadi, Yevropa Ittifoqining Barqaror Taraqqiyot Fondi Plus tomonidan kafolatlanadi. Ushbu mablag'lar Yevropa Ittifoqi tomonidan Yevropa Ittifoqidan tashqarida, EBRR faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda iqlimga mos texnologiyalarni joriy etishni qo'llab-quvvatlash uchun mo'ljallangan.
Maliyyalashtirish Sarimay Solar kompaniyasiga 100 MW (126 MW doimiy tok) quvvatga ega yangi quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish va ekspluatatsiya qilish imkonini beradi. Bu O'zbekistonning 2030 yilga qadar quyosh va shamol energiyasidan 25 GW ishlab chiqarishni maqsad qilgan rejasiga hissa qo'shadi.
Bu O'zbekistonda Voltalia tomonidan tanlov asosida yutib olingan birinchi qayta tiklanuvchi energiya loyihasidir. Stansiya ishga tushirilgandan so'ng, yiliga 252 GWh elektr energiyasini ishlab chiqaradi va CO₂ chiqindilarini yilda 141 ming tonnadan ko'proq kamaytiradi.
O'zbekiston to'rt yildan buyon Markaziy Osiyoda EBRRdan eng katta investitsiyalarni oluvchi mamlakat bo'lib qolmoqda. Bugungi kunga qadar bank mamlakat bo'ylab 167 loyiha uchun taxminan 4,9 milliard evro sarmoya kiritdi, ularning asosiy qismi xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan.