Qishloq xo'jaligi vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonning kartoshaga bo'lgan yillik ehtiyoji 4 million tonnani tashkil etadi. 2024 yilda mamlakatda 3,7 million tonna kartoshka ishlab chiqarilgan, shundan 2,7 million tonnasi asosiy maydonlarda o'stirilgan, 1 million tonnasi esa takroriy ekinlar natijasida olingan.
Ushbu hosildan 600 ming tonna kelgusi mavsum uchun urug' material sifatida qoldirilgan, 100 ming tonnasi esa tabiiy yo'qotishlarni tashkil etadi. 2024–2025 yil qish-bahor davrida zaxiraga 245,5 ming tonna kartoshka tayyorlangan, shundan 6,3 ming tonnasi allaqachon savdoga chiqarilgan.
Ichki iste'molni ta'minlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi yetkazib berish jadvalini tasdiqladi, bu jadval Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent hokimliklariga bajarish uchun yuborilgan.
Eslatib o'tamiz, 18 yanvardan boshlab Qozog'iston uchinchi mamlakatlarga, jumladan O'zbekistonga kartoshka eksportini vaqtincha taqiqladi. Ushbu cheklov olti oy davomida amal qiladi.