O‘zbekiston Markaziy bankining Kengashdagi ishtiroki boshqa davlatlarning tajribasini o‘rganish va islomiy moliyaviy muassasalarning faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha ilg‘or xalqaro yondashuvlarni joriy etish imkoniyatlarini ochadi.
Islomiy moliyaviy xizmatlar bo‘yicha Kengash 2002 yilda tashkil etilgan. Uning bosh qarorgohi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan.
Hozirgi kunda Kengashda 188 a'zo bor, ulardan 81 ta tartibga soluvchi va nazorat organi, 10 ta xalqaro hukumatlararo tashkilot va 97 ta bozor ishtirokchisi hisoblanadi.
Kengash a'zolari sifatida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning moliyaviy tartibga soluvchilari ham mavjud.