Uchrashuvda O'zbekistondagi yangi to'lov tizimlarini integratsiya qilish mavzusi ham muhokama qilindi. Tomonlar milliy huquqiy bazani xalqaro standartlarga moslashtirish zarurligini muhokama qildilar. Bu O'zbekistondagi zamonaviy to'lov tizimlarining xavfsiz va samarali funksiyalashini ta'minlashga yordam beradi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar onlayn formatda tajriba almashishni yo'lga qo'yishga kelishib oldilar. Hamkorlikning diqqat markazida - kiberxavfsizlik masalalari, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, moliya texnologiyalarini va xavfsiz to'lov tizimlarini rivojlantirish joylashgan.
Ushbu uchrashuv O'zbekiston va AQSh o'rtasida moliyaviy xavfsizlik va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadamdir. Eng yaxshi tajribalarni almashish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish O'zbekiston moliya tizimiga bo'lgan ishonchni oshirishga yordam beradi.