Ushbu nufuzli tadbir doirasida O‘zbekistonning tijorat banklariga GEFF va TFP dasturlari doirasida turli nominatsiyalar bo‘yicha mukofot topshirish marosimi o‘tkazildi. Uzbank "Yashil savdo yordam dasturi: Barqaror rivojlanish sertifikatlash sxemalaridan eng yaxshi foydalanish" nominatsiyasida YEVROBANK tomonidan yuqori mukofotga sazovor bo‘ldi.
Mukofot Uzbankga barqaror rivojlanish sohasidagi muhim yutuqlari va xalqaro savdo moliyalashtirishda ekologik mas'uliyatni oshirishga yordam beruvchi sertifikatlash sxemalaridan samarali foydalanish uchun berildi. Mukofotni olish bankning barqaror rivojlanish sertifikatlash sxmalarini muvaffaqiyatli qo‘llaganini tasdiqlaydi va ekologik mas'uliyatli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishini ko‘rsatadi.
YEVROBANK Uzbankning O‘zbekistonda barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surishdagi hissasini yuqori baholadi. Bank xalqaro savdo moliyalashtirish sohasida yuqori ekologik standartlarni joriy qilgan GEFF dasturining kam sonli ishtirokchilaridan biri ekanligini ta'kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Uzbankni 2025 yilga mo‘ljallangan tizimli ahamiyatga ega banklar ro‘yxatiga kiritdi, bu 2024 yil davomida erishilgan natijalar va joriy yilga mo‘ljallangan strategik rejalarga asoslangan.
2024 yilda bank yuqori moliyaviy natijalarni namoyish etdi:
Sof foyda 1,7 trillion so‘mni tashkil etdi.
Xarajatlar samaradorligi koeffitsienti (CIR) – 30 %, bu xarajatlarni optimallashtirishni ko‘rsatadi.
Turli iqtisodiyot sektorlarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmi 38 trillion so‘mga yetdi.
Katta investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali 18 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Bankning so‘nggi yillardagi dinamik o‘sishi raqamli transformatsiyaga strategik investitsiyalar, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni doimiy ravishda yaxshilash va yangi moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish bilan bog‘liq. 2020 yildan 2024 yilgacha yuridik shaxslar uchun kredit portfeli 50 % ga o‘sdi, chakana mijozlar portfeli esa 3 barobaridan ko‘proq oshdi. Yuridik shaxslar uchun depozit portfeli 90 % ga, jismoniy shaxslar uchun esa 286 % ga oshdi.
2024 yilda davlat investitsiya dasturi doirasida Uzbank xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan jami 600 million dollar miqdorida kredit liniyalarini jalb qildi.
Bundan tashqari, bank Londondagi fond birjasida jami 411 million dollar (300 million dollar va 1 400 milliard so‘m) miqdorida ikki tranş obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi. Uzbank O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari orasida xalqaro moliya bozorida milliy valyutada obligatsiyalarni joylashtirgan birinchi bank bo‘lishini ta'kidlash lozim.
O‘tgan yildan beri Uzbank O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar qatoriga kiradi va TOP-10 ro‘yxatida joy egallaydi. Bu bankning moliyaviy barqarorligini emas, balki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan muhim hissasini ham tasdiqlaydi. 2024 yilda bank byudjetga to‘lovlar hajmini o'tgan yilga nisbatan 48 % ga oshirib, 1 545,8 milliard so‘mga yetkazdi. Ushbu summadan 1 531,4 milliard so‘m Respublikada byudjetga va 14,4 milliard so‘m mahalliy byudjetlarga yo‘naltirildi.
Bank barqaror o‘sishga qaratilgan transformatsiya strategiyasini faol ravishda joriy etmoqda va McKinsey & Company kabi yetakchi xalqaro maslahat kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. Bankning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi doirasida mijozlar bilan ishlovchi menejerlarning rolini kuchaytirishga, IT infratuzilmasini modernizatsiya qilishga, moliyaviy boshqaruvni qayta tuzishga va shuningdek, kichik va o‘rta biznes bilan ishlashga alohida e'tibor qaratiladi.
Bank rahbariyati erishilgan yutuqlar mijozlar va hamkorlar ishonchiga, shuningdek, jamoaning yuqori professionalizmining natijasi ekanligini ta'kidlaydi. Uzbank xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va biznes va aholi ehtiyojlariga javob beradigan innovatsion yechimlarni ishlab chiqishda davom etadi. Bularning barchasi bankning keyingi barqaror rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratadi.
Reklama huquqlari bo‘yicha