Koreya kompaniyasi TNS Global Group O'zbekiston bog'larida uzum yetishtirish bo'yicha ilg'or tajribalarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Ushbu masala mamlakatning Qishloq xo'jaligi va o'simliklarni himoya qilish agentligining kompaniya vakillari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida muhokama qilindi.
TNS Global Group yangi navlarni yaratish va eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni yetishtirish bilan shug'ullanadi. Kompaniya turli navlarni tanlashdan tortib, ularni quritishgacha bo'lgan texnologiyalarni ishlab chiqdi.
O'zbekistonga qilgan tashrifi doirasida TNS Global Group vakillari mamlakatning qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eksport salohiyati bilan tanishdilar va ishonchli hamkorlik munosabatlarini o'rnatishga qiziqish bildirdilar.
Uchrashuvda Markaziy fitosanitar laboratoriyaning faoliyati o'rganildi va fitosanitar xavfsizlikni ta'minlash masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, Janubiy Koreyaga eksport qilinadigan sabzavotlar va mevalarning sifatini nazorat qilish masalalari ko'rib chiqildi, yuzaga keladigan muammolar tahlil qilindi va ularni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston stol uzumining eng yirik jahon eksportchilari ro'yxatidan o'rnini yo'qotdi.