newsuz.com

Madaniyat sohasidagi xodimlarning maoshi 35% ga oshiriladi.

Ish haqlarining oshirilishi davlat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarga ta'sir qiladi.

UzNews.uz

Prezidentning «Madaniyat va san'at, axborot-kutubxona faoliyati va muzeylar sohasida ishlovchi xodimlar maoshlarini oshirish to'g'risida» qarori qabul qilindi, xabar beradi Adliya vazirligi.
Qarorga muvofiq, davlat muassasalari va madaniyat tashkilotlari xodimlarining maoshi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:
— 2025 yil 1 yanvardan – 20% ga;
— 2025 yil 1 iyuldan – yana 15% ga.
Shuningdek, davlat muassasalari va madaniyat tashkilotlarida xodimlar ish faoliyatini baholash tizimi (KPI) joriy etilishi belgilandi.