Shuningdek, O'zbekistondagi xususiy aviakompaniyalar soni 14 taga yetganligi ma'lum bo'ldi. Ushbu yilda ular 22 ta samolyot olib keldi, ulardan oltitasi yuk va 16 tasi yo'lovchi samolyotlari.
Andijon va Urganch aeroportlarini boshqarish bo'yicha tenderlar davom etmoqda.
Eslatib o'tamizki, 2022 yilda Samarqand aeroportining xususiy boshqaruvga o'tkazilishidan so'ng, ushbu havo darvozasi orqali amalga oshiriladigan parvozlar va yo'lovchilar soni besh barobarga oshdi.