Apple Siri ovozli yordamchisini yanada muloqotli versiyasini yaratish ustida ishlamoqda, bu esa OpenAI ning ChatGPT va boshqa ilg‘or AI yordamchilari bilan raqobatlashish imkonini beradi. Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Siri foydalanuvchilar bilan yanada tabiiy dialoglar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa OpenAI ning ChatGPT va Google Gemini kabi AI yordamchilari bilan o‘zaro aloqani eslatadi. Bu Siri ga faqat aniq buyruqlarni qabul qilishdan tashqari, to‘liq muloqotlarni olib borish imkonini beradi, bu esa uning foydalanilishini yanada intuitiv va qulay qiladi.

Yangi Siri shuningdek, App Intents texnologiyasi orqali uchinchi tomon dasturlari bilan kengaytirilgan integratsiya imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Buning natijasida foydalanuvchilar turli dasturlar funksiyalarini yanada aniq va qulay tarzda boshqarishlari mumkin.

Reklama Spot.uz

Bloomberg manbalariga ko‘ra, yangilangan Siri iPhone, iPad va Mac qurilmalarida alohida dastur sifatida sinovdan o‘tmoqda, ammo kelajakda yordamchining hozirgi interfeysini almashtirishi rejalashtirilgan.

Texnologiya e’lon qilinishi 2025 yilda iOS 19 va macOS 16 ning chiqarilishi doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Yangi Siri ning foydalanuvchilar uchun to‘liq ishga tushirilishi 2026 yil bahoriga mo‘ljallangan.

Apple ushbu mavzu bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi, ammo kompaniya avvalroq Siri ni yangi Apple Intelligence platformasi yordamida yanada samarali qilish niyatida ekanligini bildirgan, bu platforma 2024 yil oktabrida taqdim etilgan.

Oldinroq Spot Apple ning Apple Intelligence ni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi iPad mini ni taqdim etganini yozgan edi.