14 mintaqada tashkil etilgan kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazlarida 56 mingdan ortiq tadbirkorlar o'qitildi.

Tadbirkorlar uchun ishlab chiqilgan 10 xil qulay va foydali moliyaviy vositalar yordamida, bugungi kunga qadar 49 077 tadbirkorga, kompleks dasturda ishtirok etganlar, 4,8 trillion so'm ajratildi, shundan 17 673 tadbirkorga — «Biznes rivojlantirish banki» tomonidan 1,735 trillion so'm kredit mablag'lari berildi.

банк развития бизнеса, реклама3

O'zbekiston bo'ylab «Biznes rivojlantirish banki»ga biriktirilgan 649 mahallada 1,5 trillion so'mlik kreditlar ajratildi, 473 ming kishi ish bilan ta'minlandi. Ulardan 70 ming kishi doimiy ishga joylashtirildi, 403 ming kishi tadbirkorlikka jalb qilindi.

Xususan, «Sayxunobod» tajribasiga asoslanib, «Xonadonbay» tizimi orqali mahallalarda jami 3992 moliyaviy paket, 21 800 mikroloyiha amalga oshirildi, 672 milliard so'm kredit mablag'lari ajratildi. Natijada 40 102 kishining ish bilan ta'minlanishi ta'minlandi.

банк развития бизнеса, реклама4

«Uychi» tajribasi asosida 608 uchrashuv o'tkazildi, 6900 murojaat ko'rib chiqilib, hal qilindi. 12 600 yangi ish o'rni yaratildi.

Ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash maqsadida 18 866 ayolga 919,8 milliard so'm kreditlar ajratildi. Bankka biriktirilgan mahallalarda 1868 ayol-tadbirkorga 122,9 milliard so'm bank krediti ajratildi. Natijada 3862 yangi ish o'rni yaratildi.

банк развития бизнеса, реклама5

Bugungi kunga kelib, «Biznes rivojlantirish banki» tomonidan 7,3 trillion so'm kredit mablag'lari ajratildi.

Bank tadbirkorlarni o'qitishda yapon tajribasini qo'llaydi. Bu yo'nalishda Yamagata universiteti bilan hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi. Yapon professorlari bilan birgalikda «Biznes-portali» elektron platformasi orqali 10 mingdan ortiq tadbirkor o'qitildi.

Ko'rsatilgan moliyaviy yordam natijasida 18 284 o'zini band qiluvchi shaxsning 12 794 tasi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tdi, yana 5490 tasi yuridik shaxs maqomini oldi.

Dasturni amalga oshirgan 16 867 yakka tartibdagi tadbirkordan 1100 tasi mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida ro'yxatdan o'tdi.

Reklama huquqlarida.