Ispaniya Superkubogi finalida, Jidda shahrida «Barselona» va «Real» to‘qnash kelishdi. 7 ta gol urilgan uchrashuvda katalon klub o‘zining doimiy raqibi ustidan katta g‘alaba qozondi va bosh murabbiy Flik rahbarligida birinchi trofeyini qo‘lga kiritdi.
«Barselona»dan gollarni Yamal, Levandovski, Rafinya (ikki marta) va Balde kiritdi. Madridliklardan Mbappe va Rodrigo farqlanishdi. 56-daqiqada Shchesny Mbappega qarshi fouldan keyin maydondan chetlatildi.
Shunday qilib, «Barselona» 15-marta Ispaniya Superkubogiga ega bo‘ldi va yaqin ta’qibchisi «Real» (13 ta unvon) bilan farqni oshirdi.