Yuk avtomobillari transporti sohasida massasi va o'lchamlari me'yorlariga rioya etishni nazorat qilish xususiy sektorga o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tegishli qaror 28-oktabrda Hukumat tomonidan tasdiqlandi.
Avtomobil yo'llari bo'yida stasionar va mobil vazn-o'lchov nazorati punktlarini tashkil etish uchun maydonlar ajratiladi. Tadbirkorlar o'lchov uskunalarini xarid qilish va o'rnatish, shuningdek, aloqa tizimlarini o'z hisobidan ta'minlashlari kerak.
Vazn-o'lchov nazorati operatorlari onlayn-auksion orqali tanlanadi. Joyni ijaraga olish muddati 20 yil bo'lib, uchinchi shaxslarga o'tkazish huquqi mavjud.
Minimal boshlang'ich narx avtomobil yo'ining turiga qarab belgilanadi:
- xalqaro ahamiyatga ega yo'l — 50 BRV (18,75 million so'm);
- respublika ahamiyatiga ega yo'l — 40 BRV (15 million so'm);
- mahalliy ahamiyatga ega yo'l — 30 BRV (11,25 million so'm).
Tanlov g'olibi avtomobil yo'llari qo'mitasi bilan ijara shartnomasini imzolaydi. U yil davomida vazn-o'lchov nazorati uchun uskunani o'rnatishi, ochilishidan 5 kun oldin esa sinov rejimida ishga tushirishi kerak.
Ochilgandan keyin dastlabki ikki yil davomida operator vazn-o'lchov nazorati bo'yicha buzilishlar uchun yig'ilgan jarimalarning 40% ni oladi. Kelgusida uning ulushi 30% ga kamayadi.
Avtomobil yo'llari qo'mitasining faoliyatini rivojlantirish fondi, mos ravishda, dastlabki ikki yil davomida 35% va keyinchalik 45% oladi. 15% Transport va logistika rivojlantirish fondiga, 10% esa davlat byudjetiga yo'naltiriladi.
Mobil punktlar yuk avtomobillari uchun 12 tonnadan ortiq massaga ega transport vositalari uchun yo'l belgilari talablariga rioya etilmagan holatlarni aniqlash huquqiga ega bo'ladi. Ular ham dastlabki 2 yil davomida jarimalarning 40% ni va keyin 30% ni oladi (davlat byudjeti — 10% va 20% mos ravishda, Transport vazirligi fondi — 50%).
Apreldan boshlab, 10 tonnadan ortiq yuk avtomobillari umumiy foydalanish yo'llaridan o'tish uchun to'lov to'lashi kerak. To'lov stavkasi tonnajga qarab belgilanadi va 5 BRV dan (1 875 000 so'm) boshlanadi.
Oldinroq Spot, O'zbekiston va Turkmaniston yuk tashish uchun elektron ruxsatnoma tizimini ishga tushirishi haqida yozgan edi.