Shaxsiy aviakompaniya Centrum Air O'zbekistondan Shri-Lankaga to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarini boshlaganini ma'lum qildi.

Toshkent - Kolombo - Toshkent yo'nalishi bo'yicha parvozlar haftada bir marta - yakshanba kunlari, 17-noyabrdan boshlanadi. Parvoz jadvali (mahalliy vaqt):

  • Toshkentdan uchish - 2:40, Kolomboga yetib borish - 9:10;
  • Kolombodan uchish - 10:30, Toshkentga yetib borish - 15:40.

Bilet narxi bir tomonga 3 121 755 so'mdan boshlanadi, borib-kelish biletlarining narxi esa 7 436 688 so'mdan boshlanadi.

Avgust oxirida Centrum Air yangi Airbus A321neo samolyotini ijaraga oldi. Havo kemasi qo'shimcha yoqilg'i tanklari bilan jihozlangan bo'lib, bu 7 ming km gacha bo'lgan masofaga parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Oldinroq Spot, Centrum Air Toshkentdan Xitoyning Guanchjou shahriga parvozlarni amalga oshirishini yozgan edi.