Oliy ta'limga ega kadrlar uchun davlat buyurtmasini shakllantirish tartibini 29 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi tasdiqladi. Qaror Lex.uz bazasida e'lon qilindi.

Davlat buyurtmasi mehnat bozoridagi talabga va oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarining faoliyat turlari bo'yicha talabga asoslanib belgilanishi rejalashtirilmoqda. Ushbu ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqaruvida maxsus onlayn platforma ishga tushiriladi.

Kadrlar ehtiyojini baholash 4 yillik davrga mo'ljallangan. Har yili raqamlar yangilanadi va mehnat bozorining dinamikasi, shuningdek, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi kadrlar bilan ta'minlanganlikni hisobga olgan holda ko'rib chiqiladi.

Platformaga quyidagi ma'lumotlar keladi:

  1. iqtisodiyot sohalarida rasmiy band bo'lgan aholi soni;
  2. oliya o'quv yurtlari (davlat va nodavlat) bitiruvchilarining faoliyat turlari bo'yicha rasmiy bandligi;
  3. mehnat resurslari balans, mehnat bozoridagi bo'sh ish o'rinlari, bandlik darajalari;
  4. oliya o'quv yurtlari bitiruvchilarining soni (xorijiy va filiallar kiritilgan holda);
  5. bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha ta'lim berish uchun oliy o'quv yurtlaridagi resurslar (o'qituvchilar tarkibi, moddiy-texnik baza) hajmi.

Oliy o'quv yurtlariga talab parametrlarini har yili 1 maydan kechiktirmay tasdiqlash uchun taqdim etish lozim. Ustuvorlik beriladi: ta'lim va sog'liqni saqlash; strategik sohalar (energetika, avtomobilsozlik, kimyo sanoati); davlat ahamiyatiga ega loyihalar; shuningdek, mahalliy sanoat, ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi sohalariga.

Davlat buyurtmasi kadrlar ehtiyojining o'rtacha 25% dan kam bo'lmasligi kerak. Bu, yangi va bo'shatilayotgan ish o'rinlarini hisobga olgan holda, mavjud talabni hisobga olish asosida hisoblanadi.

Avvalroq Spot, prezident Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universitetini va Nukusda texnik oliy o'quv yurtini tashkil etishni buyurganini yozgandi.