Bu haqda O'zbekiston prezidenti farmonida aytilgan.
Xususan, hujjatda 2025 yil 1 iyuldan boshlab quruvchilar faqat qat'iy shartlarga rioya qilgan holda investorlarning pullarini jalb qilishlari mumkinligi ko'rsatib o'tilgan:
notarial tasdiqlangan shartnoma imzolanishi, u davlat ro'yxatidan o'tishi kerak;
investorlarning pullarini bankda maxsus eskrou-hisobga o'tkazish;
ushbu hisobdan uchinchi shaxslar foydasiga pulni muzlatish yoki yechib olish taqiqlanadi;
quruvchiga 30 % qurilish ishlarini o'z mablag'lari bilan tugatgandan so'nggina kredit berilishi.
Bundan tashqari, shu vaqt ichida qurilish jarayonini onlayn tarzda kuzatishga imkon beruvchi tizim ishga tushirilishi kerak.
Bu islohotlarni amalga oshirishni iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyiha ofisi nazorat qiladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda joriy etilayotgan eskrou-hisob tizimi qurilish tugallanmaguncha ipoteka kreditlari va uy-joy uchun subsidiyalar berishga imkon yaratadi.