Yevropa tiklanish va rivojlanish banki (EBRR) hamda Yevropa Ittifoqi fransuz kompaniyasi Voltalia tomonidan Xorazm viloyatida birinchi quyosh elektr stantsiyasining qurilishini qo'llab-quvvatlaydi, deb xabar bermoqda EBRR matbuot xizmati.
Loiyhani amalga oshirish uchun EBRR Voltalia'ning qizi kompaniyasi Sarimay Solar'ga €50,5 million ($54,6 million) miqdorida moliyaviy paket taqdim etadi. 2023 yil dekabrida kompaniya EBRR'dan $34 million olishni rejalashtirgan edi. O'sha paytdagi loyiha qiymati $85 millionni tashkil etgan.
Moliya paketi €41,5 million ($44,8 million) miqdoridagi katta kredit va qurilish jarayonida kutilayotgan QQS to'lovlarini qoplash uchun mo'ljallangan €9 million ($9,9 million) miqdoridagi maxsus grantni o'z ichiga oladi.
Bundan tashqari, loyiha Yevropa Ittifoqining Barqaror rivojlanish fondi plus (EFSD+) orqali EBRRning katta kreditining bir qismini qoplovchi €6,5 million ($7 million) miqdorida ta'minsiz kafolat oladi.
Voltalia 2022 yil dekabrida Xorazm viloyatida Sarimayda quyosh elektr stantsiyasini qurish bo'yicha tenderni yutdi. Keyinchalik elektr stantsiyasining quvvatini 126 MWgacha oshirish va uning uchun 50 MW quvvatli akkumulyator tizimini o'rnatish qaroriga kelindi. Elektr stantsiyasining ishga tushirilishi 2025 yilning ikkinchi yarmiga mo'ljallangan.
May oyida Voltalia Xorazm viloyatida 500 MW quvvatli akkumulyator tizimini qurishi mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Avvalroq Spot, Voltalia Buxoro viloyatida $1 milliardlik elektr stantsiyalarini yaratishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.