Bu haqda prezidentning 4-noyabrdagi yig'ilishida aytildi.
To'rt ta soha korxonasi – "O'zbek milliy elektr tarmoqlari", "Mintaqaviy elektr tarmoqlari", "Issiqlik elektr stansiyalari" va "O'zbekgidroenergo" – xalqaro kredit reytinglarini oldi. Keyingi qadam – ularni raqobatbardosh kompaniyalarga aylantirish uchun transformatsiya qilishdir. Bu iste'molchilarga elektr energiyasini kafolatli taqdim etish va mustaqil ravishda investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur.
Prezident soha korxonalarining transformatsiyasini tezlashtirish va ularga zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
Kelgusi yil energetika korxonalari uchun resurslardan samarali foydalanish va samaradorlik yili bo'lishi ta'kidlandi. Soha korxonalarining faoliyatini pastki darajalargacha transformatsiya qilish va raqamlashtirish vazifasi qo'yildi.