Getty Images va Shutterstock fotobanklarining egalari birlashish haqida e'lon qildilar, bu jarayon natijasida $3,7 milliard bahoga ega yagona stok kontent kompaniyasi tashkil etiladi. Bu haqda CBNC xabar bermoqda.

Yangi kompaniya Getty Images Holdings deb ataladi va GETY tikeri ostida Nyu-York fond birjasida ro'yxatdan o'tadi.

Shuni ta'kidlash joizki, bitim antimonopoliya regulyatorlarining e'tiborini jalb qilishi mumkin, chunki ikkita gigantning birlashishi ularning vizual kontent bozoridagi pozitsiyalarini sezilarli darajada mustahkamlashga olib keladi.

Birlashish haqidagi yangilik, Midjourney va DALL-E kabi matnli so'rovlar asosida tasvirlar va videolar yaratishga qodir bo'lgan generativ sun'iy intellekt vositalarining ortib borayotgan bosimi fonida paydo bo'ldi. Birlashgan kompaniya yangi raqamli haqiqatda o'z pozitsiyalarini kuchaytirishni va innovatsion yechimlarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Spot.uz da reklama

фотобанки, getty images, shutterstock

Birlashish e'lon qilinishi bilan Shutterstock aksiyalari premarket savdolarida 26,5% ga oshdi, Getty Images aksiyalari esa 50,2% ga ko'tarildi. Avvalroq, ikkala kompaniya aksiyalari stok tasvirlarga bo'lgan talabning pasayishi fonida barqaror kamayish ko'rsatkichini namoyish etayotgan edi.

Birlashish kontent taklifini yaxshilashga, tadbirlar qamrovini kengaytirishga va yangi texnologiyalarni joriy etishga imkon beradi, dedi Getty Images bosh direktori Kreyg Piters, u birlashgan kompaniyani boshqaradi.

Getty Images aktsiyadorlari birlashgan kompaniyada taxminan 54,7% aksiyaga ega bo'lishadi, qolgan qismi esa Shutterstockga tegishli bo'ladi.

Avvalroq Spot Honda va Nissan Xitoy avtomobil sanoati bilan kurashish uchun birlashishni muhokama qilayotgani haqida xabar bergan edi.