Bunday prognozlar 22 oktyabrda Shavkat Mirziyoevning raisligida o‘tkazilgan mahalliylashtirish, davlat-xususiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda e'lon qilindi.
So‘nggi yetti yil ichida mamlakatimizga 78 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar keldi. 1,8 ming turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, yildan boshlab respublikaga tashqi investitsiyalar 23 milliard 660 million dollarni tashkil etdi. 4,6 milliard dollar qiymatidagi 120 ta yirik ishlab chiqarish obyekti ishga tushirildi.
"Bu sur'at yil oxirigacha saqlanadi. Shunday qilib, 2017 – 2024 yillarda jalb qilingan xorijiy investitsiyalar umumiy summasi 100 milliard dollardan oshishi kutilmoqda", – yig‘ilishda ta'kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,6 % ga o‘sdi va prognozlarga ko‘ra, o‘sishda davom etadi.