Spot rasmiy tijorat banklarining sahifalarini o‘rganib chiqdi va konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram va dam olish kunlarida ishlaydigan banklar ro‘yxatini tuzdi. Markaziy bank an'anaviy ravishda tegishli banklar ro‘yxatini e'lon qilardi, ammo bu safar ulashmadi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 7 dekabr (shanba) — besh kunlik ish haftasida ishchilar uchun dam olish kuni, 8 dekabr (yakshanba) — konstitutsiya kuni, 9 dekabr (dushanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Bo‘limlarda kamida 19 ta bankda valyuta va pul o'tkazmalari almashinuvi bo‘limlari ochiq bo‘ladi.

Ro‘yxatga quyidagi banklar kirdi:

  • Ipak yo‘li bank;
  • NBU;
  • “Biznesni rivojlantirish banki”;
  • “Agrobank”;
  • “Hamkorbank”;
  • “Trestbank”;
  • “Turonbank”;
  • “Uzpromstroybank”;
  • InfinBANK;
  • “Ipoteka-bank”;
  • “Mikrokreditbank”;
  • “Poytakht bank”;
  • Asia Alliance Bank;
  • Octobank;
  • Orient Finans Bank;
  • Hayotbank;
  • Tenge Bank;
  • Davrbank;
  • Anor bank.

Shuningdek, valyuta almashinuvi 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlar va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali ham mavjud bo‘ladi.

Reklama Spot.uz saytida

Avvalroq Spot, Soliq qo‘mitasi bir qator elektron xizmatlar ishini dam olish va bayram kunlarida cheklab qo‘yishini yozgan edi.