Hamkorlikning maqsadi – O'zbekiston tadbirkorlarining hayotini osonlashtirish, biznes jarayonlarini optimallashtirish va kompaniyalar o'rtasidagi aloqalarni shaffoflashtirishdir. Ushbu yechim tadbirkorlarga moliyaviy operatsiyalarni nazorat qilishda va biznes munosabatlaridagi xavflarni minimallashtirishda yordam beradi. “Mening buxgalterim” xizmatlari “Kapitalbank”ning barcha tadbirkor-mijozlari uchun mavjud bo'ladi.
“Bizning vazifamiz – nafaqat moliyaviy xizmatlar ko'rsatish, balki biznesni rivojlantirishga yordam berish, xavflarni minimallashtirish va jarayonlarni optimallashtirishdir. Ushbu hamkorlik tadbirkorlar uchun zarur bo'lgan barcha vositalarni taqdim etuvchi xizmatlar ekotizimini rivojlantirishda muhim qadamdir”, – deydi “Kapitalbank” boshqaruv raisi Kirill Maevskiy.
0
“Bizning kompaniyamiz xizmatlarini “Kapitalbank”ning xizmatlari bilan integratsiyalashuvi tadbirkorlarga biznesni rivojlantirishga e'tibor qaratishga imkon beradi, oddiy ma'muriy vazifalarga emas. Yangi hamkorlik doirasida “Kapitalbank”ning tadbirkor-mijozlari biznes hamkorlarini tekshirish va buxgalteriya hisobi xizmatlariga kirish imkoniyatiga ega bo'lishadi”, – ta'kidladi “Mening buxgalterim” xizmat kompaniyasining asoschisi Hamro Abirov.
Qo'shimcha ma'lumotlarni 1278 raqami orqali kol-tsentrga murojaat qilib olish mumkin. Shuningdek, business.kapitalbank.uz saytida yoki (+998) 78-48-11-22 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
“Mening buxgalterim” kompaniyasi haqida
2020 yilda tashkil etilgan kompaniya bugungi kunga qadar 60 dan ortiq mutaxassisga ega. Buxgalteriya, soliq, kadrlar hisobini to'liq olib borish, hisobot tayyorlash va topshirish, huquqiy masalalar bo'yicha maslahat berishni ta'minlaydi.
Reklama sifatida.