Su ta'minotining samaradorligini oshirish, suv resurslarini tejash va qishloq xo'jaligini rivojlantirish maqsadida ushbu mintaqalarda ikki yirik loyiha ishlab chiqilgan. Birinchi loyiha dastlabki qiymati 160 million dollar bo'lib, Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarini qamrab oladi. Qashqadaryo viloyati uchun dastlab 60 million dollar ajratilishi rejalashtirilgan.
Moliyalashtirish Xitoyning Eksport-import banki (Eximbank) tomonidan imtiyozli kredit hisobidan ta'minlanadi. Umumiy pudratchilar sifatida Xitoyning CITIC Construction va China CAMC Engineering kompaniyalari belgilangan. Loyiha texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangandan so'ng, 2025 yildan boshlab bosqichma-bosqich kelishuvlarni imzolash jarayoni boshlanadi.