Ushbu davrda jami summaning yarimidan ko‘pi, ya'ni 54 trillion so‘m, davlat ulushi bo‘lgan 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilardan olingan.
Soliq to‘lovlari bo‘yicha yetakchi NGMK (24,8 trillion so‘m) bo‘ldi. Eng yiriklar ro‘yxatida AGMK (7,9 trillion so‘m), "O‘zbekneftgaz" (3,8 trillion so‘m) va "Hududgazta'minot" (3,4 trillion so‘m) ham bor.
O‘z navbatida, xususiy sektorning eng yirik o‘n soliq to‘lovchilari shu davrda 7,8 trillion so‘mdan ortiq to‘lov amalga oshirdilar.
Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniya UzBAT bo‘lib, u 2,6 trillion so‘m to‘lagan. Ikkinchi o‘rinda Enter Engineering – 844,2 milliard so‘m. Uchlikni Tashkent tobacco – 776,7 milliard so‘m yakunlaydi.
Ular bilan bir qatorda, eng yirik xususiy kompaniyalar ro‘yxatiga Cid license plate (665,8 milliard so‘m), Coca-Cola (572,6 milliard so‘m), Unitel (542,1 milliard so‘m), Kapital bank (526,3 milliard so‘m), Hamkorbank (480,6 milliard so‘m), International beverages (322,6 milliard so‘m) va Anglesey food (306 milliard so‘m) kiradi.
Eslatib o‘tamiz, xorijiy IT-kompaniyalar O‘zbekistonda ushbu yilning to‘qqiz oyi davomida 101,9 milliard so‘m soliq to‘ladi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 baravar ko‘p.