Qirg'iziston hukumati O'zbekiston bilan davlat chegarasida chegara nazoratini kuchaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda 24.kg nashri.

Qirg'iziston Transport va aloqa vazirligi beshta KPPlarda transport nazoratini joriy etish bo'yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. Hozirda transport nazorati "Torugart-avtodorozhny", "Irkeshtam-avtodorozhny" (Xitoy), "Karamyk-avtodorozhny", "Qizil-Bel — avtodorozhny", "Kulundu-avtodorozhny" (Tojikiston), "Dostuk-avtodorozhny" (O'zbekiston) o'tish punktlarida amalga oshirilmoqda.

Transport nazorati amalga oshirilmaydigan KPPlarda yuk mashinalari xalqaro avtomobil qatnovi bo'yicha davlatlararo kelishuvlarning normalarini buzmoqda, deb qayd etdi Mintransport.

Qirg'iziston bojxona va transport nazorati amalga oshiriladigan KPPlar ro'yxatiga quyidagi o'tish punktlarini kiritishi mumkin:

  • Tojikiston bilan chegarada — "Qayrag'ach-avtodorozhny" va "Bor-Dobo — avtodorozhny" KPPlari;
  • O'zbekiston bilan chegarada — "Qizil-Qiya — avtodorozhny", "Qara-Bag'ish — avtodorozhny", "Ken-Say — avtodorozhny" KPPlari;
  • ichki avtomobil yo'llarida — "Sari-Chat".

Avvalroq Spot yangi telefonni olib kirishda bojxona deklaratsiyasini onlayn to'ldirish mumkinligi haqida yozgan edi.