Maxsus e'tibor muzokaralarda davlat-xususiy hamkorlik loyihalarini kengaytirishga, ADB bilan hamkorlikni mustahkamlashga va raqamli infratuzilmani modernizatsiyalashga qaratildi.
Tomonlar shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar, kelgusidagi rivojlanish strategiyalari, soliq imtiyozlari va texnologiya sohasidagi yosh mutaxassislar uchun yuqori maoshli ish o'rinlarini yaratishga qaratilgan dasturlarni muhokama qildilar.
Bundan tashqari, IT sohasida ta'limni qo'llab-quvvatlash, startap tashabbuslarini rivojlantirish va mamlakat bo'ylab raqamli xizmatlarni kengaytirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
ADB vakillariga Uzinfocom – raqamli texnologiyalar bo'yicha yagona integrator tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdim etildi. Ushbu loyihalar O'zbekistonning raqamli transformatsiyasini tezlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi.