Kompaniyaning ustaviy kapitali 12,96 milliard somni tashkil etadi.
Bunda kompaniyaning ustaviy kapitalidagi 30% ulush Janubiy Koreyaning AMS CO.LTD kompaniyasiga tegishli bo'lib, u ham davlat aktivlari agentligi bilan bir xil shartlarda o'z ulushini sotishga niyat bildirgan.
Muhohim shuni ta'kidlash kerakki, 70% davlat ulushining sotilishi AMS CO.LTDga o'z ulushini sotish majburiyatini yuklamaydi.
Sotish jarayoni barcha qiziqqan tomonlar uchun ochiq bo'lgan jamoatchilikka muzokaralar taklif qilish usuli orqali amalga oshiriladi.
Sotuvchilarni tanlash jarayoni ikki bosqichdan iborat bo'ladi: qiziqish bildirish (Expression of Interest) va majburiy takliflarni yig'ish (BO). Yakuniy bosqichda da'vogarlar taklif qilingan narxning kamida 1% miqdorida kafolat to'lovini kiritishlari lozim.
Tender g'olibi korxonaning asosiy faoliyatini kamida 10 yil davomida saqlab qolishga va General Motors (AQSH) tomonidan tasdiqlangan yetkazib beruvchilar bilan texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha litsenziyalash kelishuvlariga amal qilishga majburdir. Shuningdek, Texnologik uskunalardan foydalanish bo'yicha Asosiy Alyans kelishuvlarida belgilangan barcha cheklovlarga rioya qilishi kerak.
Bundan tashqari, g'olib korxonada 2 yil davomida ish o'rinlarini va xodimlar sonini saqlab qolishi, shuningdek, ish haqi darajasini pasaytirmasligi va mehnat shartnomasining shartlarini yomonlashtirmasligi lozim.
Qiziqish bildirish jarayonida ishtirok etish uchun arizalar 2024 yil 17 dekabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan) gacha qabul qilinadi.