Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, Olimov xalqaro hamkorlik, valyuta tartibga solish, moliya-iqtisodiy faoliyat, xalqaro zaxiralarni boshqarish, shuningdek, qimmatbaho metallarga oid saqlash va ishlov berish hamda operatsion faoliyat uchun javobgar bo'ladi.
Shuningdek, u Respublikaviy valyuta birjasining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin Abror Mirzo Olimov Markaziy bankning valyuta tartibga solish va to'lov balansini boshqarish bo'limi direktori lavozimini egallagan.