Sentabr 2023 yildan sentabr 2024 yilgacha AQShdan O'zbekistonga 572 kishi deportatsiya qilindi. Bu haqda AQSh hukumati tomonidan tayyorlangan hisobotda ma'lum qilinadi.
Hisobotga ko'ra, 2023 yil sentabrdan 2024 yil sentabrgacha mamlakatdan deportatsiya qilingan migrantlar soni 2014 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi. Bir yil ichida AQShdan 270,000 dan ortiq migrant deportatsiya qilindi.
Shuni ta'kidlash kerakki, migrantlar AQSh qonunlarini buzganliklari sababli deportatsiya qilinadi. Shuningdek, noqonuniy ravishda kirish va AQShda bo'lish ham deportatsiya qilish uchun sabab bo'lishi mumkin.
Bir qator siyosatshunoslar, Donald Tramp hokimiyatga kelgandan so'ng, deportatsiyalar soni oshishini ta'kidlashmoqda. Qiziqarli tomoni shundaki, deyarli barcha yirik mamlakatlarda migrantlar ustidan nazorat kuchaymoqda.